Puch: "Hayotimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim"
18 avg 2022 20:30
Yangiliklar
Puch: "Hayotimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim"
Ispaniyalik futbolchi to'g'ri qarorga kelganiga ishonmoqda.
"Los-Anjeles Gelaksi" yarim himoyachisi Riki Puch Amerika klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Men kelishimdan oldin klub vakillari bilan Zoom orqali gaplashdim. Ular menga kerakli narsani berishdi – muhabbat va ishonch. Menga qaror qabul qilish uchun 2 kun kerak bo'ldi va men shu erdaman. Hayotimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim", – dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli yarim himoyachi shu yozda erkin agent sifatida "Barselona"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgan edi.
Fikrlar