PSJdagilarning fikricha, Benzema ketganidan so'ng Mbappe "Real"ga o'tishni xohlab qolgan
08 iyu 2023 20:50
Yangiliklar
PSJdagilarning fikricha, Benzema ketganidan so'ng Mbappe "Real"ga o'tishni xohlab qolgan
Karim Benzemaning "Real"dan ketishi Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomani uzaytirmaslik qaroriga tasir qilgan.
PSJdagilarning fikricha, Karim Benzemaning "At Ittihod"ga o'tishi Kilian Mbappening qaroriga tasir ko'rsatgan.
Benzema ketishidan uch hafta avval Mbappe PSJ bilan shartnoma uzaytirish borasid muzokaralar o'tkazayotgan edi. Ammo transferdan so'ng hammasi o'zgardi.
Forvardning PSJ bilan kelishuvni uzaytirmaslik qarori PSJ uchun kutilmagan vaziyat bo'ldi. Parijliklarning taklifi hali ham o'z kuchida, ammo Mbappe unga iloji boricha tezroq javob berishi kerak.
PSJ bosslari ayni damda futbolchilarga o'z "avtoriteti"ni ko'rsatib qo'ymoqchi. "Futbolchi kim bo'lishidan qatiy nazar, PSJ birinchi o'rinda. Agar Kilian ketishni istasa, ketaversin" - deydi klub rahbari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar