PSJ o'yinlariga qalbaki chiptalar tayyorlab sotganlikda gumon qilingan shaxs qo'lga olindi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026, 23:42
Qalbaki chiptalar TikTok tarmog'idagi akkaunt orqali sotilgan.

Parij prokuraturasi ma'lumotlariga ko'ra, etkazilgan zarar miqdori 350 mingdan 400 ming evrogacha baholanmoqda.

PSJ ishtirokidagi o'yinlarga qalbaki chiptalar yasab, ularni pullashda gumon qilingan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi va u ehtiyot chorasi sifatida vaqtinchalik hibsga olindi. Bu haqda "Radio France" agentligi Parij prokuraturasiga tayanib xabar berdi. Ushbu qalbaki chiptalar TikTok'dagi maxsus sahifa orqali sotib kelingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, firibgarlik ortidan ko'rilgan zarar miqdori 350 000 dan 400 000 evrogacha yetishi mumkin.

Gumondor tergov sudyasiga olib kelingan, unga nisbatan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish, qalbaki hujjatlardan foydalanish, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) moddalari bo'yicha sud surishtiruvi boshlandi. Endilikda tergov harakatlari ushbu ishga biriktirilgan tergov sudyasi rahbarligida davom ettiriladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: franceinfo