PSJ "Lion"ga yordam qo'lini cho'zdi
27 iyu 17:31
Yangiliklar
PSJ "Lion"ga yordam qo'lini cho'zdi
PSJ klubi prezident Nosir Al Helayfi va "Lion" egasi Jon Tekstor o'rtasidagi munosabatlar iliq emasligiga qaramay, ikkinchi divizionga tushib ketish arafasida turgan "Lion"ga yordam bermoqchi.
Shu haftada Nazorat va boshqaruv bo'yicha milliy departament (DNCG) moliyaviy muammolar tufayli etti karra Franciya chempionini Liga 2'ga yuborishga qaror qilgani elon qilingandi.
"RMC Sport" Parij klubi Bredli Barkola transferi uchun qolgan summani muddatidan avval "Lion" hisobiga o'tkazib bergan. Franciyalik vinger 2023 yilning yozida bonuslar bilan birga 50 million evro evaziga PSJga o'tgan edi. Bunday summalar odatda bir necha yil davomida bo'lib-bo'lib to'lanadi.
"Le Figaro"ning qayd etishicha, bu "Lion"ga Liga 1'dagi o'rnini saqlab qolishga yordam berishi mumkin, ammo klub tezda boshqa daromad manbalarini topishi kerak. DNCG qaroriga qarshi shikoyat kelgusi haftalarda ko'rib chiqiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar