PSJ bugun SHkrinyar uchun 15+5 mln evro taklif qiladi
31 jan 2023 16:06
Yangiliklar
PSJ bugun SHkrinyar uchun 15+5 mln evro taklif qiladi
Parijliklar bugun yozda erkin agentga aylanadigan markaziy himoyachi uchun 15+5 million evro taklif qilishlari mumkin. "Inter" esa slovakiyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 20 mln evro talab qilmoqda. SHu tufayli klublar haligacha kelishuvga erisha olganlari yo'q.
Vaziyat ko'p jihatdan "Inter"ning SHkrinyarga o'rinbosar topa olishiga bog'liq. "Neradzurri" "Manchester Yunayted" azosi Viktor Lindelyof bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng "Atalanta" futbolchisi Merix Demiralga o'tdi. Milan klubi dushanba kuni yuborgan taklifiga rad javobini oldi.
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi ayni paytda muzokaralarni yakunlash uchun Italiyada.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda A Seriya klubi safida 27 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar