PSJ bosh murabbiyi: "Klub kamida bir futbolchini olib kelish ustida ishlamoqda"
30 jan 2023 14:07
Yangiliklar
PSJ bosh murabbiyi: "Klub kamida bir futbolchini olib kelish ustida ishlamoqda"
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte Parij klubining qishki transfer oynasidagi rejalari haqida to'xtaldi.
"Klub kamida bir futbolchini olib kelish ustida ishlamoqda. Bizda jiddiy moliyaviy feyr-pley cheklovlari mavjud. Tarkibni kuchaytirmoqchimiz, lekin shunday bo'ladimi-yo'qmi, aniq bilmayman. Aytganimdek, hujum chizig'ida o'yinchini yo'qotganimiz sababli, bu yo'qotishning o'rnini yangi hujumkor o'yinchi xarid qilish orqali qoplamoqchi edik. Nima ish berishini ko'ramiz. Ehtimol, biz hech kimni sotib olmasmiz. Transferlar bilan klub prezidenti va Luish Kampush shug'ullanadi, men o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish bilan bandman", – dedi Galte.
PSJ Franciya chempionatida 20 turdan keyin 48 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar