So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  20 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  1 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

"Pro-ligada "Lokomotiv"ga qarshi boshqalar ikki karra kuchliroq tayyorgarlik ko'radi, chunki..." - Denis Korostichenko mavsumga tayyorgarlik, jamoaga yangi kelganlar va Jasur Jaloliddinov haqida Yangiliklar

"Pro-ligada "Lokomotiv"ga qarshi boshqalar ikki karra kuchliroq tayyorgarlik ko'radi, chunki..." - Denis Korostichenko mavsumga tayyorgarlik, jamoaga yangi kelganlar va Jasur Jaloliddinov haqida

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Denis Korostichenko "Championat.Asia" saytiga bergan intervyu berdi.

Unda murabbiy mavsumga tayyorgarlik jarayoni, Superligaga yo'l olish uchun kurashadigan raqiblar, Jasur Jaloliddinovning “Olimpik”ga yo'l olishi hamda jamoaga yangi kelgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.


- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida...

- Yangi mavsumga tayyorgarligimiz reja asosida ketmoqda. Jamoadagi kayfiyati yaxshi, sharoitlar alo darajada. Maydonda shug'ullanamiz, sport zalida jismoniy tarafdan ishlaymiz. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Oldimizda nazorat uchrashuvlari bisyor, deyarli har kuni o'yin o'tkazamiz. Raqiblarimiz har xil, yani mamlakatlar, o'yin sxemalari, uslublari turlicha, bundan xursandman. Biz allaqachon beshta o'yin o'tkazishga ulgurdik, yana uchta uchrashuv rejalashtirilgan. Bu biz uchun foydali, chunki biz o'z o'yinimizni yo'lga qo'yib oldik, hozir turli chiziqlarda qaysi o'yinchilar eng yaxshi juftlik bo'la olishini aniqlayapmiz.

- Tarkibda yoshlar paydo bo'lishi mumkinmi?

- Kimgadir o'tgan mavsum imkon berilgan, kimdir endigina bazaga tashrif buyuryapti. Yig'inda ular bilan yaqinroq tanishishimiz hamda ularni amalda sinab ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, barchasi yaxshi.

- Yangi legionerlar haqida nima deya olasiz?

- Qishda qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolagan bo'lsak, barchasi jonbozlik ko'rsatdi. Rustam Soirov ikkita gol urishga erishdi, SHime Jujul ham gol urishga muvaffaq bo'ldi va o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Umid qilamanki, yangi mavsumda u hujumda asosiy kuchga aylanadi. Ivan Solovyov yaxshi formada, Boyan Naydyonov esa dastlabki o'yindan so'ng engil jarohat olgan. Katta ehtimol bilan u yig'in doirasida maydonga tushadi. Lekin uning ilk o'yin va mashg'ulotlardagi harakatlarini ko'rgach, shuni aytishim mumkinki, ushbu futbolchi biz uchun yaxshi xarid bo'ldi, u himoya zonamizni kuchaytiradi.

- Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"dan "Olimpik"ga o'tishi qay tarzda sodir bo'ldi?

- Biz Jasur klubni tark etishini anglab etgandik. U O'zbekiston olimpiya terma jamoasining muhim futbolchisi, jamoa sardori, shu bois unga muntazam o'yin amaliyoti zarur. Jaloliddinovning Olimpiadaga 100 foiz tayyor bo'lishi muhim. Kutilganidek, u Timur Kapadze qo'l ostidagi “Olimpik”ga yo'l oldi. Albatta, biz Jasurning klubda qolishini istardik. Bunday futbolchilar har doim va har qanday jamoaga kerak. Lekin kelasi mavsumni Pro-ligada o'tkazamiz, Jasur esa Superligada o'ynashi kerak.

- Superligaga chiqish uchun kurashda “Lokomotiv”ning asosiy raqibi qaysi jamoa bo'ladi?

- Pro-ligada bizga oson bo'lmaydi, ushbu ligada barcha jamoa kurashuvchan. Qolaversa, “Lokomotiv” mazkur ligada Toshkentning yagona klubi sanaladi. Ehtimol, bizga qarshi har bir jamoa ikki karra kuchliroq tayyorgarlik ko'rishi mumkin, lekin biz bunga tayyor bo'lishimiz kerak. O'ylashimcha, Superligaga yo'l olish uchun "Dinamo" bilan kurash olib boramiz. “Mashal” va “Qo'qon-1912” kabi jamoalarni ham esdan chiqarmaslik lozim.




Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика