So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

PRO-Liga, “V” guruhi. 17-turda eng ko'p muxlis Zominda Yangiliklar

PRO-Liga, “V” guruhi. 17-turda eng ko'p muxlis Zominda

Teglar :  PRO-ligaZomin
Xabaringiz bo'lsa kerak, kuni-kecha PRO-Liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qatlor qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi. Ayni paytda Rossiya davlatida nufuzi jihatdan dunyoda birinchi o'rinda turadigan jaxon chempionati o'yinlari bo'lib o'tayotganligi sababli ishqibozlarni PRO-Liga o'yinlari u qadar ko'p qiziqtirayotgani yo'q.

Aslida PRO-Ligada o'zi shundoq ham muxlislar tashrifi pasayib ketgan. Ayniqsa “V” guruhidagi uchrashuvlarga ko'pincha 500ta ham tomoshabin kirmayapti. Vaholanki ayrim joylarda o'yinga kirish tekin qilib belgilangan. SHunga qaramay PRO-Liga o'yinlari muxlislarda u qadar katta qiziqish uyg'ota olmayapti. Professional futbol ligasi rahbariyati balki ushbu jihatlarni ham inobatga olib, kamchiliklar ustida ish olib borar.

“V” guruhining 4ta o'yiniga jami 1801 nafar tomoshabin tashrif buyurgan! Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 450ta muxlis demakdir.

Eng ko'p ishqiboz “Zomin” – “Iftixor” bahsida kuzatildi. Zominda kechgan uchrashuvni 1275 nafar tomoshabin bevosita stadionni o'zida kuzatib bordi.
G'ijduvonda esa aksincha vaziyat yuz berdi. Boisi “G'ijduvon” – “Labsa” o'yiniga atiga 58 (!) nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?  

“YOZYOVON” – “LOKOMOTIV-BFK” 2:1

Yozyovon. “Markaziy” stadioni. 352 tomoshabin.
“G'IJDUVON” – “LABSA” 1:1
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni. 58 tomoshabin.
“ZOMIN” – “IFTIXOR” 1:2
Zomin. “Markaziy” stadion. 1275 tomoshabin.
“NURAFSHON” – “SHERDOR” 6:1
Toshkent vil. “Do'stlik” stadioni. 116 tomoshabin.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика