So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

Pro-Liga. “Istiqlol” "Dinamo" bilan o'yinda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi (to'liq sharh) Yangiliklar

Pro-Liga. “Istiqlol” "Dinamo" bilan o'yinda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi (to'liq sharh)

Pro-liganing 22-turida Farg'onaning “Istiqlol” klubi o'z muxlislari qarshisida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim dastlabki daqiqalarida mezbonlar tashabbusni qo'lga olishga harakat qilgan bo'lsalarda, golga tortadigan xavfli vaziyatlar mehmonlarda ko'proq yuzaga keldi. Uchrashuvning 20 daqiqasida mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi Sanjar Baratov jamoadoshlaridan to'pni qabul qilib olib, qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan bir oz o'tib, “Dinamo” futbolchilari “Istiqlol” darvozasi yaqinida jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ushbu vaziyatda Avaz Agalievning jarimadan yo'llagan zarbasini “Istiqlol” posboni Islomjon Abdullaev egallab olib, xavfni bartaraf etdi. SHundan so'ng maydon egalari “Istiqol” o'yingohiga tashrif buyurgan muxlislar olqishlari ostida ketma-ket hujum tashkil etgan bo'lsalarda, vaziyatlar gol bilan yakunlanmadi. Birinchi bo'limning 22-daqiqasida “Dinamo” jarima maydoni ichida to'p mehmon himyaochisining qo'liga tegdi. Uchrashuv bosh hakami vaziyatga yaqin turgan edi, bu penalti belgilash uchun etarli darajada sabab emas deb topdi va o'yinni davom ettirish kerakliligini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda  “Istiqlol” jamoasining yosh hujumchisi Hamidullo Abduhamidovning faol harakatlari muxlislar olqishiga sazovor bo'lganligini takidlab o'tish joiz. Uchrashuvning 39-daqiqasida “Dinamo” futbolchilari mezbonlar darvozasiga gol kiritishdi, lekin yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari xolatni qayd etdi va gol inobatga olinmadi. Birinchi bo'lim yakunida har ikki jamoa vakillari faol harakat qilgan bo'lsalarda, darvozalarga gol kiritilmadi.  

Ikkinchi bo'limni mezbonlar faol boshladilar. Tanaafusa bosh murabbiydan tegishli ko'rsatmalarni olib, maydonga tushgan “Istiqlol” futbolchilari hujumkorlikni oshirdilar. “Dinamo” futbolchilari ikkinchi bo'lim boshida asosan qarshi hujumda faol o'ynashga harakat qildilar. Mezbonlarning ketma-ket hujumlarini goh mehmonlar posboni, goh himoyachilar bartaraf etib, o'z jamoalarni goldan saqlab qoldilar. Uchrashuvning 71-daqiqasida ikkinchi bo'limda maydonga tushgan “Istiqlol” hujumchisi Anvar Hojimirzaevda juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, lekin uning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 76-daqiqada yana mezbonlarda golga tortadigan vaziyat yuzaga keldi, bu vaziyatda mezbonlarning 7-raqamli futbolchisi Riza Ayvazov qulay imkoniyatdan foydala olmadi. SHundan so'ng “Istiqol” hujumkorlikni yanada oshirgan bo'lsada, ko'plab vaziyatlarda mezbon futbolchilardan omad yaqqol yuz o'girdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda nihoyat hisob ochildi. Mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi Sanjar Baratov qarshi hujumlarning birida qulay vaziyatga chiqib bordi va gol kiritib jamoasini oldinga olib chiqdi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbonlar katta kuch bilan hujumga o'tdilar. So'ngi daqiqalarda mezbonlarda ketma-ket imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, vaziyatlar gol bilan yakunlanmadi. Uchrashuv 0:1 hisobida “Dinamo”ning g'alabasi bilan yakuniga etdi.      

 Pro-Liga
22-tur
“Istiqlol” – “Dinamo”  0:1 (0:0)
Hakamlar: 
Vladislav Ceytlin, Hasan Nabiev, Daler Tilloev.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.
Komissar: Zohirbek Akramxonov
Gol: Sanjar Baratov 90+2, - 0:1.
"Istiqlol": 1. Islom Abdullaev, 3. Iqbol Boboxonov, 4. Jasur Ermamatov, 18. Obid Jo'raboev, 13. Timur Sultonov, 8. Sardor Sotvoldiev (17. Anvar Xojimirzaev 49), 22. Sardor Telyakov, 14. Rustam Abduxamidov (7. Rizo Ayvazov 73), 77. Umid Qodirov, 21. Elyor Mamasoliev ( 10.Elyor Akbarov 46), 11. Xamidullo Abduxamidov (30. Abdulaziz Yoqubov 57)
Zaxira: 12. Nodir Ashurmatov, 2. Aziz Madaliev, 5. Abduxoliq Qurbonov

“Dinamo”: 1. SHohruh Eshbo'taev, 6. Akmal Xolmurodov, 7. Ilhom Yunusov (4. Hakimxon Alamxonov 90+5), 10. Pavel Purishkin (21. Damir Temirov 88), 17. Jasur Azimov, 19. Sanjar Baratov, 24 Avaz Agaliev, 41. Suhrob Izzatov, 50. Viktor Grigorev, 70. Otabek Narzullaev, 90. Abbosbek Jumaqulov (11. Jasur Ashurov 75).
Zaxira: 27. SHohruh Raimov, 5. Firdavs Abdusalimov, 18. SHerzod Jalilov, Komil SHarofutdinov.

Ogohlantirishlar: Abbosbek Jumaqulov 43, Viktor Grigorev 78.

   
Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика