So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  3 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Pro ligada yangi davr boshlandi. "Dinamo" - "Xorazm" 3:1 Yangiliklar

Pro ligada yangi davr boshlandi. "Dinamo" - "Xorazm" 3:1

Teglar :  DinamoXorazm
Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahs "Futbol TV" kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. SHunday qilib O'zbekistondagi hisob bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan liga ham TV orqali namoyish etilishi boshlandi. 

"Yangi qadam, yaxshi qadam. FUTBOL-TV Pro-liga translyaciyasini boshladi. Test rejimidagi birinchi o'yin Dinamo Samarqand - Xorazm. Bundan bir necha yil oldin xorijiy ligalar translyaciyalari borasida raqobat paydo bo'ldi va bundan tomoshabin yutdi. Milliy futbolimizga ham bu nasib qilsa ijobiy tasir qiladi. Muhimi, Pro-liga klublarining muxlislari pandemiya taqiqi payti ham sevimli klublari o'yinini muntazam ko'rishlari mumkin bo'ladi", - deb yozadi Davron Fayziev telegramdagi o'z sahifasida.

Pro liga o'yinlari translyaciya qilinishi noholis hakamlikni yaxshigina darajada kamayishiga yordam beradi. Endi hakamlar ham kameralar qarshisida xato qilib qo'ymaslikka urinishadi. Pro liga klublarida o'ynayotgan futbolchilarda ham endi qo'shimcha stimul bo'ladi. Sababi ular ham o'z o'yinlari orqali Superliga murabbiylari etiboriga tushishlari mumkin. Buning uchun murabbiylar viloyatdagi stadionga borishlari shart emas. Yosh futbolchilar ham o'z o'yinlarini orqali yaxshigina reklama bo'la olishadi. Yaqin orada Pro ligada ham eng chiroyli gollar, tur goli, oy goli, eng chiroyli seyvlar kabi videolar tayyorlanishiga umid qilamiz. Bu quyi ligada o'ynayotgan futbolchilarimizning yanda yaxshi o'ynashlariga undashi aniq.

Hozircha dastlabki va juda muhim qadam bilan barchani tabriklaymiz!


30 avgust, yakshanba
17:00 DINAMO – XORAZM 3:1
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Bektursin Kannazarov, Damir Iskanderov
Nazoratchi: Andrey Snetkov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

Gollar: Oybek Nurmatov 47 penalti, - 1:0. Ravshan Sultanov 54, - 1:1. Andrey Sidorov 60, - 2:1. Komil SHarofutdinov 85, - 3:1.

"Dinamo": 1.Erkin Jabborov, 5.Avaz Agaliev, 7.Suxrob Nurulloev (20.SHahboz Nuriddinov, 59), 9.Jahongir Ahmadov, 19.Obid Jo'raboev, 26.Komil SHarofutdinov, 27.Azamat Allaniyazov (14.Andrey Sidorov, 59), 34.SHohruhbek Abdurahmonov (6.Bobur Qosimov, 75), 44.Iskandar Siddiqjonov, 78.Oybek Nurmatov (10.Amirjon Safarov, 63), 95.Azim Mirzaev (11.Damir Temirov, 46).
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Bekzodjon Ahmadjonov, 4.Hakimxon Alamxonov, 17.SHarafiddin SHobirov, .

"Xorazm": 35.G'ayrat O'daev (1.Eldorbek SHuxratbekov, 85), 3.Ravshan Sultanov, 4.Jasur Atadjanov (6.Farrux Haydarov, 74), 5.Temur Masharipov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Damir Nizanov, 15.Dadaxon Yusupov, 17.Saidjamol Davlatjonov, 19.Habibulla Matyoqubov, 23.Norxon SHeripov, 41.Rasul Musaev.
Zaxira: 10.Timur Bekchanov, 11.Sardorbek Matmuratov, 18.Nematjon Madaminov, 34.Mahmud Qalandarov, 70.Hurmatbek Yuldashev, 99.Sarvarbek Jumaniyazov.




Ushbu sahifada o'yin natijasini kuzatib borishingiz mumkin. 


YANGILASH



90. ZARBAAAAAAAAAA! Saidjamol Davlatjonov tomonidan yo'llagan zarbasini Erkin Jabborov qaytardi!

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahboz Nuriddinovning burchakdan uzatgan to'pini Komil SHarofutdinov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:1

70. "Dinamo" futbolchilari burchak to'piga ega bo'lishdi, oshirib berilgan to'pni Siddiqjonov darvozaga yo'lladi, noaniq!

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Andrey Sidorov 2:1! Abdurahmonovning zarbasini O'daev qaytardi, qaytgan to'pni Sidorov osongina darvozaga yo'lladi

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ravshan Sultanov hisobni tenglashtirdi 1:1. CHap qanotdan SHeripov uzatgan to'pni Sultanov ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Nurmatov penaltidan gol urdi - 1:0

47. Penalti! "Xorazm" darvozasiga! Habibulla Matyoqubov Suxrob Nurulloevni yiqitdi deb topildi

46. Ikkinchi taym boshlandi!


45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0

45+1. ZARBAAA! SHohruh Abdurahmonovning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

43.ZARBAAA! Nurulloevning burchakdan uzatgan to'pini Allaniyazov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

41.
G'ayrat O'daev to'pni qaytarish vaqtida sherigi bilan to'qnashib ketdi va unga shifokorlar yordam berishmoqda.

40.
Mezbonlarda jarima to'pi. Jahongir Ahmadovning uzatgan to'pini G'ayrat O'daev mushtlari bilan qaytarib yubordi! Endi "Dinamo" futbolchilari burchak to'pini tepishadi.

36.
CHamasi 25 metrlardan Obid Jo'raboevning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

30. SHohrux Abdurahmonov maydon markazida xorazmlik futbolchilar bilan to'qnashgach, hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi.

10. ZARBAA! Nurulloevning to'p uzatishidan keyin Azamat Allaniyazov boshi bilan darvoza tomon zarba berdi, noaniq!

4. Xavfli vaziyat! Suhrob Nurulloev katta tezlikda darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib uni aldab darvozaga zarba berdi, to'pni darvoza chizig'i yonidan himoyachi Ravshan Sultanov qaytardi!

1. Uchrashuv boshlandi.




Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика