So’nggi yangiliklar

10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  0 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  2 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  2 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  18 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  19 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  10 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  13 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0

PRO-Liga, “B” guruhi. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga
Poyoniga etgan PRO-Liganing 6-turi yakuni bo'yicha etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz. Futbolda o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydigan gollar etibor qaratamiz.

6-turda “B” guruhidagi o'yinlarda sermahsullik  “A” guruhiga nisbatan pastroq bo'ldi. Sababi 4ta uchrashuvda 8ta gol qayd etilganini ko'rish mumkin.

O'yinlarning birinchi bo'limida 4ta gol kiritildi. Ikkinchi taymda ham muxlislar yana 4ta golga guvoh bo'ldi.

Mezbon jamoalar 7ta gol kiritdi. Mehmonda gol urgan jamoa esa birgina “Xotira-79” jamoasi bo'lganini alohida qayd etish lozim.

Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa – “SHerdor” bo'ldi. Samarqandliklar o'z uyida “Xotira-79”ga qarshi bahsda 3ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

“Nurafshon”, “Zomin” va “Iftixor” jamoalari esa 6-turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Turning eng tezkor goli 12-daqiqada sodir bo'ldi. “Nurafshon” hujumchisi Oripxo'ja Abduxoliqov “Yozyovon”ga qarshi kechgan uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.

Aksincha turning eng so'nggi gol 85-daqiqada kiritildi. Etiborlisi ushbu daqiqada ikkita gol kiritilgan. Oltiariqda kechgan “Iftixor” – “Lokomotiv-BFK” bahsida himoyachi Hasanboy Ergashev mehmonlar darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirgan bo'lsa, “Zomin” – “G'ijduvon” o'yinida ham 85-daqiqada zominliklarning to'purar hujumchisi Doston Toshmatov o'z aktiviga gol yozdirib qo'yishga erishdi. Qizig'i, uchrashuvning asosiy daqiqasi tugashiga 5 daqiqa qolganida kiritilgan ushbu gollar, mezbonlarga uch ochko keltirgan.


“B” guruhidagi ikkita o'yinda bittadan penalti kuzatildi. Ikkisi ham noaniq amalga oshirilgani bilan esda qoldi. Xususan, “SHerdor” yarim himoyachisi Muhammad Rajabov “Xotira-79” darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshira bilmadi. SHuningdek “Yozyovon”ning etakchi o'yinchisi SHahboz Abdurahmonov ham safarda “Nurafshon” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik zarbani aniq amalga oshira olmadi.

Ushbu turda dublga erishgan yagona futbolchi – Sanjar Ahmedov bo'ldi. “SHerdor” hujumchisi “Xotira-79”ga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikki bor yo'l topa oldi. Uning gollari jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.

6-turda kimlar gol urdi?
1.Hasanboy Ergashev – “Iftixor”.
2. Abdulla Nabiev – “SHerdor”.
3. Sanjar Ahmedov (2ta) – “SHerdor”.
4. Bobur Mamajonov – “Xotira-79”.
5. Oripxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
6. Ruslan Beklich – “Nurafshon”.
7. Doston Toshmatov – “Zomin”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика