So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  20 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  702

PRO-Liga, “B” guruhi. 14-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 14-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga14-tur
Xabaringiz bo'lsa kerak, kuni-kecha mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Quyida turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“Lokomotiv-BFK” mavsumdagi ilk g'alabasini safarda qo'lga kiritdi

PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlar ham qiziqarli kechmoqda deyish mumkin. Avvalo shuni aytib o'tish lozimki, Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi mavsumdagi ilk g'alabasini 14-turga kelib tantana qildi. Ahamiyatlisi “temiryo'lchilar” ushbu uch ochkoni safarda qo'lga kiritdi. Buxoroning “Labsa” jamoasi mehmoni bo'lgan Leonid Senkevich shogirdlari 4:2 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi ushbu turda “G'ijduvon”ni qabul qilib,g'alabaga erishgan xolda 1-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. Etiborlisi Vohid Xolboev shogirdlari uchrashuvning so'nggi 4 daqiqasida 2ta to'p kiritib, raqibni alamli tarzda mag'lub etdi.
Samarqandda kechgan “SHerdor” – “Yozyovon” bahsi ham shunga o'xshash bo'ldi. 80-daqiqaga qadar tabloda 1:1 hisobi porlab turardi. Biroq mezbonlar 80-81-daqiqalarda to'p kiritib, g'alabani rasmiylashtirdi.

“Iftixor” maydoniga safar uyushtirgan “Xotira-79” jamoasi garchi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsada, yakunda Oltiariqdan quruq qo'l bilan qaytib keldi. Olingan malumotlarga ko'ra, “Xotira-79” bosh murabbiyi Nozim Mullaoxunov yana Uychiga bormay qo'ygan. Malum muddat jamoa raisi sifatida faoliyat yuritgan Nosirjon Sultonov esa yana “Xotira-79”ga qaytgani haqida malumot bor.

“NURAFSHON” – “G'IJDUVON” 3:1.
“SHERDOR” – “YOZYOVON” 3:1
“IFTIXOR” – “XOTIRA-79” 4:2
“LABSA” – “LOKOMOTIV-BFK” 2:4


Turning tezkor goli va boshqalar haqida

Futbolga o'ziga xos joziba bag'ishlaydigan gollar haqida to'xtalib o'tamiz.

14-turning 4ta o'yinida jami 20ta gol qayd etildi.

Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan gol demakdir.  

Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 12tani tashkil etdi.

Qolgan 8ta to'p esa mehmonlar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 6ta gol qayd etildi.

Ikkinchi taymda esa darvozalarga yana 14ta to'p kiritildi.

“Iftixor” va “Lokomotiv-BFK” ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa bo'ldi. 4tadan to'p.

Mazkur turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan jamoa bo'lmadi.

14-turning eng tezkor goli 6-daqiqada kiritildi. “SHerdor” futbolchisi Asomiddin Mamatov “Yozyovon” darvozasiga birinchi bo'lib to'p kiritib, o'zini ko'rsatdi. Etiborlisi uning jamoasi shu kuni g'alaba qozondi.

Aksincha turning eng so'nggi goli 90-daqiqada kiritildi. “Xotira-79”ning to'purar hujumchisi Bobur Mamajonov “Iftixor” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni bittaga qisqartirdi.  

Mazkur turda dublga erishgan futbolchilar soni 3tani tashkil etdi. Aleksandr Belyakov (“Lokomotiv-BFK”), Akmal Xolmatov (“Iftixor”), Fahriddin Alimov (“SHerdor”) raqib darvozasiga ikkitadan o'p kiritib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

SHuningdek ushbu turda 3ta penalti qayd etildi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirildi. Abdurasul Komilov (“Nurafshon”), Bobur Mamajonov (“Xotira-79”) va Narimon Hasanov (“Labsa”) 11 metrlik nuqtadan sovuqqonlik foydalanib, o'z aktiviga bittadan gol yozdirib qo'ydi.


14-turda kimlar gol urdi?
1. Farrux SHotursunov – “Nurafshon”.
2. Orifxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
3. Abdurasul Komilov – “Nurafshon”.
4. To'lqin Umarov – “G'ijduvon”.
5. Asomiddin Mamatov – “SHerdor”.
6. Fahriddin Alimov (2ta) – “SHerdor”.
7. SHahboz Abduraimov – “Yozyovon”.
8. Ilhom Aliboev – “Iftixor”.
9. Said Abdujabborov – “Iftixor”.
10. Akmal Xolmatov (2ta) – “Iftixor”.
11. Sobir Hamidov – “Xotira-79”.
12. Bobur Mamajonov – “Xotira-79”.
13. Saidmahmud G'ulomov – “Lokomotiv-BFK”.
14. Islom SHaripov – “Lokomotiv-BFK”.
15. Aleksandr Belyakov (2ta) – “Lokomotiv-BFK”.
16. Narimon Hasanov – “Labsa”.
17. Nozim Ashurov – “Labsa”.

i
Futbolda ko'polliklar va o'yin qoidasi buzilish xolatlari uchrab turadi. Bu albatta tabiiy xol.

PRO-Liganing “B” guruhadagi 14-tur o'yinlari “A” guruhidagi o'yinlarga nisbatan tartibli o'tganini ko'rish mumkin.

Sababi “B” guruhidagi 4ta uchrashuvda  jami 9ta futbolchi sariq kartochka bilan siylandi.

Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan ogohlantirish demakdir.

Eng ko'p sariq kartochka “SHerdor” – “Yozyovon” bahsida qayd etildi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Sultonmurod Abdurahmonov shu kuni har ikki jamoadan 2tadan futbolchini yoniga chorlab, sariq kartochka ko'rsatishga qaror qildi.

Ahamiyatlisi  “Iftixor”, “Labsa” va “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchilari bu turda birorta ham sariq kartochka olmasdan, tartib-intizom bo'yicha boshqalarga o'rnak bo'ldi.

“Labsa” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvini 62ta muxlis kuzatdi
PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlarga tomoshabinlar tashrifi keskin tarzda pasayib ketayotganini ko'rish mumkin.
Xususan 14-turning 4ta o'yiniga jami 1568 nafar muxlis kirgan.
Oltiariqdagi o'yinni ko'rib borgan 717 ta ishqiboz turning eng yuqori natijasi sifatida gavdalanmoqda.
Aksincha G'ijduvondagi “Navro'z” stadionida bo'lib o'tgan “Labsa” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvini atiga 62ta muxlis kuzatdi xolos.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“NURAFSHON” – “G'IJDUVON” 3:1.
Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni 154 tomoshabin

“SHERDOR” – “YOZYOVON” 3:1
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 635 tomoshabin.

“IFTIXOR” – “XOTIRA-79” 4:2
Oltiariq shahri. “Markaziy” stadioni. 717 tomoshabin.

“LABSA” – “LOKOMOTIV-BFK” 2:4
G'ijduvon shahri. “Navro'z” stadioni. 62 tomoshabin.


Turnir jadvali



Navbatdagi turda uchrashadilar
15-tur. 17 iyun (yakshanba)

«Xotira-79» - «Labsa»
«Yozyovon» - «Iftixor»
«G'ijduvon» - «SHerdor»
«Zomin» - «Nurafshon»
«Lokomotiv BFK» dam oladi      



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика