So’nggi yangiliklar

10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  1 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  2 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  17 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  18 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  10 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  12 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3

PRO-Liga, “A” guruhi. 6-turda eng ko'p muxlis Termizda Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 6-turda eng ko'p muxlis Termizda

2 may chorshanba kuni PRO-Liganing 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha etiborga molik malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

Futbol eng avvalo muxlislar uchun o'ynaladi. SHu bois ishqibozlarni stadionga jalb etish borasida bugungi kunda keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda. 6-turga kelib, bu borada biroz bo'lsada ijobiy o'zgarishni ko'rish mumkin. Sababi chorshanba kuni bo'lib o'tgan 4ta o'yinga jami 10637 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu avvalgi turlarga nisbatan yaxshiroq ko'rsatkich bo'ldi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2 659 nafar muxlis demakdir.

Eng ko'p ishqiboz kirgan uchrashuv deya “Surxon” – “Dinamo” bahsini ko'rsatish mumkin. Termizdagi “Alpomish” stadionida bo'lib o'tgan turning markaziy o'yinni 4 802 ta tomoshabin bevosita kuzatib bordi.

Aksincha xolat esa Urganchda kuzatildi. “Xorazm” bilan o'yinga garchi o'tgan yili oliy ligada ishtirok etgan mamlakatimizning nomdor jamoasi “Mashal” tashrif buyurgan bo'lsada, mahalliy ishqibozlarning qiziqishi u qadar yuqori bo'lmadi. CHorshanba kuni “Yoshlik” o'yingohiga atiga 912 nafar ishqiboz tashrif buyurdi xolos.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“XORAZM” – “MASH'AL” – 2:2 (2:0).
Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 912 tomoshabin.

“SURXON” – “DINAMO” – 2:1 (1:0).
Termiz shahri. “Alpomish” stadioni. 4802 tomoshabin.

“SHO'RTAN” – NORIN” -  1:2 (1:2).
G'uzor shahri. “Markaziy” stadion. 2723 tomoshabin.

“OROL” – “ANDIJON” – 1:2 (1:1).
Nukus shahri. “Turon” stadioni. 2200 tomoshabin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика