PRO-Liga, “A” guruhi. 17-turda eng ko'p muxlis Nukusda
28 iyu 2018 14:52
Yangiliklar
PRO-Liga, “A” guruhi. 17-turda eng ko'p muxlis Nukusda
Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi. Ayni paytda Rossiya davlatida nufuzi jihatdan dunyoda birinchi o'rinda turadigan jaxon chempionati o'yinlari bo'lib o'tayotganligi sababli ishqibozlarni PRO-Liga o'yinlari u qadar ko'p qiziqtirayotgani yo'q.
Xususan, “A” guruhning 4ta o'yinida jami 4275 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 1068ta muxlis demakdir.
Eng ko'p ishqiboz “Orol” – “Xorazm” bahsida kuzatildi. Nukusda kechgan uchrashuvga 2118 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
Haqqulobodda esa aksincha vaziyat yuz berdi. Sababi “Norin” – “Mashal” o'yiniga atiga 281 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“NORIN” – “MASH'AL” 2:1
Haqqulobod. “SHodlik” stadioni. 281 tomoshabin.
“ANDIJON” – “ISTIQLOL” 2:1
Andijon. “Sog'lom avlod” stadioni. 1530 tomoshabin.
“OROL” – “XORAZM” 0:3
Nukus. “Turon” stadioni. 2118 tomoshabin.
“SHO'RTAN” – “SURXON” 0:1
G'uzor. “G'uzor” stadioni. 346 tomoshabin.
Fikrlar