So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  3 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  30 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Pro liga. 1-tur statistikasi Yangiliklar

Pro liga. 1-tur statistikasi

Teglar :  Pro liga
5-6 mart kunlari Pro liganing 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Quyida yakuniga etgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

O'yinlar

- Turning 5ta uchrashuvi to'liq o'tkazildi. “Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” bahsi chempionatning ilk uchrashuviga aylandi. 

- Ikkita o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.

- Bitta bellashuvda mehmonlar muvaffaqiyat qozondi.

- Ikki uchrashuvda esa tomonlar o'zaro durangga imzo chekkan.

- Safarda g'alaba qozongan yagona jamoa esa “Turon” bo'ldi. Anvar Berdiev boshqaruvidagi yaypanliklar G'uzorda “SHo'rtan”ni  2:1 hisobida mag'lub eta oldi.

- Turning markaziy uchrashuvida “Buxoro” va “Mashal” o'zaro durang qayd etdi. 

- “Yangier-Quruvchi” va “Xorazm” ham o'z maydonidagi bahslarni g'alaba bilan tugatdi. Har ikkisi ham o'yinning ikkinchi bo'limida gol urgan holda muvaffaqiyat qozondi. 

- “Andijon” esa mehmonda “Zomin” bilan kuch sinashib, murosa ko'chasini tanladi.

“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 2:1

“SHo'rtan” – “Turon” – 1:2

“Zomin” – “Andijon” – 0:0

“Buxoro” – “Mashal” – 2:2

“Xorazm” – “Aral Samali” – 2:1


Gollar:

- 1-turning 5ta o'yinida jami 13ta gol qayd etildi.

- Har bir uchrashuvga o'rtacha, 2,6 tadan gol demakdir.

- Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 7ta.

- Mehmonlar hisobiga esa 6ta gol yozilgan.

- O'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 4ta.

- Qolgan 9ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.

- Turning eng tezkor kiritilgan goli 6-daqiqaga to'g'ri keladi. Unda ikki futbolchi aynan shu daqiqada gollar urgan. Bular Olex Marchuk (“Buxoro”) va SHaxzod Beshimov (“Xorazm”). 

* Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “Buxoro” – “Mashal” o'yinida qayd etildi. 87-daqiqada mezbonlar azosi Ro'zimboy Ahmedov “gazchilar” darvozasiga javob to'pini kiritgan.

* 3ta penalti! Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar mezbonlar foydasiga jami 2ta, mehmonlar foydasiga 1ta penalti belgilashga qaror qildi. Bundan jabr ko'rgan jamoalar – “G'ijduvon”, “Xorazm” va “Turon” jamoalari bo'ldi. Faqatgina “Yangier-Quruvchi” safida Suhrob Berdiev 11 metrli jarima to'pini golga aylantira olmadi. 

* “Zomin” va “Andijon” jamolari bu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.  


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

- Ushbu turning 5ta o'yinida jami 22ta sariq kartochka qayd etilgan.

- Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 4,4tadan ogohlantirish demakdir.

- Mezbon jamoalardan 10 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan.

- Qolgan 12ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga yozilgan.  

- Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 9ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymga borib bu borada ko'rsatkich biroz ortgan. Yani 13 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.  

- Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb – “Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” uchrashuvini aytish lozim. Bosh hakam mezbonlardan to'rt nafar o'yinchiga mehmonlardan esa uch nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan. 

-  Turning eng intizomsiz jamoasi ham “Turon” bo'ldi. 5 nafar sariq va bitta qizil kartochkaga loyiq topildi. 

-  “SHo'rtan”, “Xorazm”, “Aral Samali” va “Mashal” jamoalaridan atiga bittadan futbolchi sariq kartochka olgan. Bu borada ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi..

* “Turon” himoyachisi Marlen CHobanov jamoasining “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazgan bahsida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.


MUXLISLAR

- 1-turning 5ta o'yiniga jami 4219 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

- Har bir uchrashuvga o'rtacha 843,8ta muxlis demakdir.

- “Zomin” bu borada peshqadamlik qildi. Zomin tumanida kechgan o'yinga jami 1260 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.

* Aksincha eng past ko'rsatkich "Yangier-Quruvchi" - "G'ijduvon" uchrashuvida qayd etildi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 2:1. 345 tomoshabin.

“SHo'rtan” – “Turon” – 1:2. 1258 tomoshabin.

“Zomin” – “Andijon” – 0:0. 1260 tomoshabin.

“Buxoro” – “Mashal” – 2:2. 372 tomoshabin. 

“Xorazm” – “Aral Samali” – 2:1. 984 tomoshabin.


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

2-tur. 12 mart (shanba)

“Turon” – “Aral Samali”

“SHo'rtan” – “Buxoro”

13 mart (yakshanba)

“Andijon” – “Yangier-Quruvchi”

“G'ijduvon” – “Xorazm”

“Mashal” – “Zomin”

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика