So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Prevyu. "Tottenxem" - "Arsenal" Yangiliklar

Prevyu. "Tottenxem" - "Arsenal"

Bugun "Tottenxem" va "Arsenal" klublari o'rtasidagi London derbisi bo'lib o'tdi.
Ushbu jamolar o'zaro shu kunga qadar 75 marta to'qnash kelgan bo'lib,  “Arsenal” 23 bora, “Tottenxem” 31 marta g'alaba qozongan. Duranglar soni 22ta.

Ushbu mavsumning birinchi davrasida bo'lib o'tgan o'yinda "Arsenal" "Tottenhem"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

“Uayt xart leyn” o'yingohiga Premer-liga doirasida qilingan so'nggi besh safardan birortasida “Arsenal” g'alaba bilan qaytmagan.

“Kanonirlar”da bugun 2007/08 yilgi mavsumdan buyon ilk marta ushbu raqibini bir mavsumda ikki bor mag'lub etish imkoniyati bor.

Ushbu juftlik o'yinlarida hammadan ham ko'proq gol kritgan futbolchi Emmanuel Adebayordir. Uning hisobida 8ta gol bor. Hozirda “Tottenxem” sharafini himoya qilgan futbolchi o'z vaqtida “Arsenal”da ham faoliyat yuritgan.

“Tottenxem” chempionatdagi oxirgi 4 o'yinida atigi 1ta gol urdi.

“Arsenal” ushbu mavsumda bosh bilan gol urish borasida faqatniga “Liverpul”dan ortda boryapti xolos. "Liverpul" 11ta, "Arsenal" esa 10ta golini bosh bilan kiritdi.

“Tottenxem” ushbu mavsumda o'z uyida o'tkazilan 14 uchrashuvda bor yo'g'i 16ta gol urishga erishgan. Bu turnir jadvalining top 10taligida eng pat ko'rsatgichdir. “SHporlar” birinchi bo'lib gol kiritgan 16 o'yinning hech birida mag'lub bo'lmagan. SHulardan 13tasini g'alaba bilan yakunlay olgan.

"Arsenal" bugun ham mag'lub bo'ladigan bo'lsa, raqibga ketma-ket uchinchi safar o'yinini boy bergan bo'ladi. Oxirgi marta "to'pchilar" raqiblar maydonida uch o'yinni boy bergani 2011 yilning 28 avgustidan 2 oktyabrgacha bo'lgan vaqtda kuzatilgandi.

Arsen Venger shogirdlari chempionatning so'nggi olti o'yinida faqat ikki bora g'olib bo'la oldi. Arsenal” shu vaqtgacha o'tkazib yuborgan 28 godan 21tasini mehmondagi o'yinlarda qabul qilib olgan.  

“Tottenxem” tarkibida o'tgan o'yinda qizil olgan Yunus Qobul maydonga tusha oladi. CHunki appelyaciyadan keyin uning diskvalifikaciyasi bekor qilindi.  Maykl Douson va Vlad Kirikesh hamon jarohatidan qutilganicha yo'q. SHuningdek Kayl Uolkerda ham kichik jarohat bor.

“Arsenal”dan sonining orqa qismi jarohatlangani sabab, Mesut Ozil maydonga tusha olmaydi. Aaron Remsining tiklanish jarayoni ham kutilganidan ko'ra uzoqroqqa cho'zilmoqda. Nacho Monreal, Kiran Gibbs va Yaya Sanogo tuzalib safga qaytishdi.  Kim CHelstrem esa o'zining debyutini o'tkazishga shay.

Abror Qodirov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика