So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

PREVYU. “So'g'diyona” - “Paxtakor” Yangiliklar

PREVYU. “So'g'diyona” - “Paxtakor”

Teglar :  So'g'diyonaPaxtakor
Oliy liganing 27-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davrada 12-turida “So'g'diyona”  safarda  “Paxtakor”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsda Sarvar Jo'raev 34 daqiqada hisobni ochgan edi. Ko'p  o'tmay 36 daqiqada  Igor Sergeev  hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. SHerzod Xakamov 37 daqiqada hisobni 2:1 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 76 daqiqasida Azamat Isroilov hisobni tenglashtirishdi 2:2. 87 daqiqada Adnan Orahovac hisobni 3:2 ko'rinishiga olib kelgan edi va shu tariqa “Paxtakor ” o'yinda g'alaba qozongan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda safarda  “SHo'rtan” ga qarshi bahs olib borgan edi va 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “Paxtakor ” o'z maydonida  “Bunyodkor” ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

 “Paxtakor ” 50 ochko bilan turnir jadvalida  3-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 28 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.

O'YINI  TEMUR TO'XTASINOV  BOSHQARADI


“So'g'diyona” (Jizzax) – “Paxtakor” (Toshkent)

Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
O'zPFL vakili: V. SHtern

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Paxtakor”  klublari oliy ligada shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan.“Paxtakor” hisobida 35 ta, “So'g'diyona” hisobida 4 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “SHerlar” tomonida:  144:37. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 109 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 16 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi 6:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  3:0.



 “So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

11.06.2016 So'g'diyona - Paxtakor 0:1
23.05.2015 So'g'diyona - Paxtakor 0:3
14.06.2014 So'g'diyona - Paxtakor 0:1
05.05.2013 So'g'diyona - Paxtakor 0:0
10.04.2011 So'g'diyona - Paxtakor 1:2
25.04.2009 So'g'diyona - Paxtakor 0:2
05.07.2008 So'g'diyona - Paxtakor 1:2
17.09.2006 So'g'diyona - Paxtakor 4:2
07.11.2005 So'g'diyona - Paxtakor 1:3
08.04.2004 So'g'diyona - Paxtakor 0:2
27.04.2002 So'g'diyona - Paxtakor 0:3
30.05.2001 So'g'diyona - Paxtakor 1:3
22.04.2000 So'g'diyona - Paxtakor 0:2
18.05.1999 So'g'diyona - Paxtakor 3:2
08.06.1998 So'g'diyona - Paxtakor 1:1
20.07.1997 So'g'diyona - Paxtakor 1:2
16.08.1996 So'g'diyona - Paxtakor 3:1
15.08.1995 So'g'diyona - Paxtakor 1:3
24.11.1994 So'g'diyona - Paxtakor 1:1
19.04.1993 So'g'diyona - Paxtakor 0:1
02.08.1992 So'g'diyona - Paxtakor 4:2

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 21 ta o'yindan 3 tasida “So'g'diyona”, 15 tasida “Paxtakor”  g'alaba qozongan.  3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 2 noyabr kuni soat 15:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 3 noyabr  kuni 17:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.

“PAXTAKOR” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

2005-2006 yillarda Kamoliddin Tojiev,2008-2009 yillarda  hozirgi kunda “Paxtakor” sharafini himoya qilayotgan posbon Aleksandr Lobanov , 2014-2015 yillarda  Jasur Hakimovlar “So'g'diyona” sharafini ximoya qilishgan


“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика