So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

Prevyu. "So'g'diyona" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Neftchi"

Oliy liganing 9-turida "So'g'diyona" va "Neftchi" Zominda kuch sinashishadi.
So'g'diyona (Jizzax) – Neftchi (Farg'ona)
21 may. Zomin. “Zomin” stadioni. 17:30
Hakamlar
: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“So'g'diyona” hamda “Neftchi” oliy ligada 36 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 25tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan, 4ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 7 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 84:27 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 82 ochkoni, “So'g'diyona” esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona”ning “Neftchi” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 2:0. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda jizzaxliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng.

O'tgan yil  ikkala o'yinda ham "So'g'diyona" muvaffaqiyat qozongan. Jizzaxdagi o'yinda hisobni mehmonlar Aziz Alijonovning goli orqali ochishgan. Ikkinchi bo'lim so'nggida Murodjon Toshmatov va Orif Mamajonov tomonidan urilgan gollar Davron Fayziev shogirdlariga irodali g'alabani taqdim etgan - 2:1. Farg'onadagi bahsda Suxrob Berdiev dublga erishib "So'g'diyona"ga g'alaba keltirgan - 2:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

13.04.2013 So'g'diyona - Neftchi 2:1
23.04.2011 So'g'diyona - Neftchi 0:2
25.06.2009 So'g'diyona - Neftchi 0:3
08.08.2008 So'g'diyona - Neftchi 1:1
12.03.2006 So'g'diyona - Neftchi 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida bu raqibni 3 marta mag'lub etgan (1997, 1999 va 2013 yilda). 6 bor durang qayd etilgan. “Neftchi” ushbu raqib maydonidan 9 bor g'alaba bilan qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика