So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Mashal"

"So'g'diyona" klubi oliy liganing dastlabki turida oliy ligaga qaytgan "Mashal" klubini qabul qiladi.
SO'G'DIYONA – MASH'AL
15 mart. Zomin. “Zomin” stadioni. 16:00
Hakamlar
: V.Ceytlin, H.SHodmonov, A.Capenko, M.Muhamedov.
Nazoratchi: G.Imomov.

“So'g'diyona” va “Mashal” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar Muborak jamoasining katta ustunligini ko'rsatmoqda.

“Mashal” 10 marta bu jamoadan ustun kelgan. “So'g'diyona” 4 marta g'alaba qozongan va 4 bor durang o'ynagan. “Mashal” to'plar nisbatida ham ustunlikka ega – 28:16. “Gazchilar” o'zaro o'yinlarda 34, “So'g'diyona” esa 16 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Jizzaxliklarning ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 3:0, “Mashal”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:1ga teng.

O'tgan yil “Mashal”, 2012 yil esa “So'g'diyona” oliy ligada ishtirok etmagan. SHu sababli bu jamoalar o'rtasida so'nggi uchrashuvlar 2011 yil bo'lib o'tgan. O'sha yil Muborakda bo'lib o'tgan o'yinda mehmonlar vakili Timur Ayzatulovning goliga SHuhrat Muhammadiev javob bergandi – 1:1. Jizzaxda tashkil etilgan bahsda mehmonlar g'alaba qozonishgan. Bahodir Pardaev birinchi bo'limda ikki bor “Mashal” darvozasiga gol urgan. Ikkinchi bo'limda Samandar SHodmonov (ikki marta) va Zafar Xolmurodovning gollari muborakliklarga irodali g'alabani taqdim etdgandi – 3:2.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.08.2011 So'g'diyona - Mashal 2:3
01.03.2009 So'g'diyona - Mashal 1:0
12.04.2008 So'g'diyona - Mashal 2:4
03.06.2006 So'g'diyona - Mashal 0:1
25.10.2005 So'g'diyona - Mashal 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida uch bora “Mashal”dan ustun kelgan. Bitta uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. 5ta holatda Muborak klubi safardan ijobiy natija bilan qaytgan. “So'g'diyona” mezbonlik qilgan oxirgi 7 o'yinda faqat bir bor zafar quchgan.

Taxmin: O'yinda durang qayd etilishi mumkin. "So'g'diyona" o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynaydi, "Mashal" esa oliy ligani sog'ingan. Siz nima deb o'ylaysiz?


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика