So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Prevyu. "Roma" - "SHaxtyor" Yangiliklar

Prevyu. "Roma" - "SHaxtyor"

Teglar :  RomaSHaxtyor
Bugun Evropa chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida "Roma" o'z maydonida "SHaxtyor"ni mehmon qiladi.

"Roma" - "SHaxtyor"
Rim. "Olimpiko" stadioni, 00:45.
Hakamlar: Alberto Undiano Malenka, Roberto Alonso, Xuan Yuste.
To'rtinchi hakam: Raul Kabanero.
Darvoza ortidagi hakamlar: Xuan Martines Munuera, Xose Sanches (barchasi Ispaniyadan).
TAXMINIY TARKIBLAR
"Roma": Alisson - Florenci, Manolas, Facio, Kolarov - Nainggolan, De Rossi, Strootman - Under, Jeko, Perotti.
"SHaxtyor": Pyatov - Ismoiliy, Butko, Rakickiy, Ordec - Stepanenko, Fred - Bernard, Tayson, Marlos  - Ferreyra.

YO'QOTISHLAR

"Roma" Italiya chempionatining uchinchi pog'onasini egallab turibdi. Rimliklar ikki etakchi jamoadan anchagina ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa ayni damda 56 ochko to'plagan.

Diskvalifikaciya: Yo'q.

Jarohatlanganlar: Rik Karsdorp, Luka Pellegrini.

So'roq ostida: Greguar Defrel

Ayni damda "SHaxtyor" Ukraina chempionatida etakchilik qilmoqda. Jamoa 23 o'yindan keyin 54 ochko to'plagan. Ikkinchi o'rindaki Kievning "Dinamo"sida 48 ochko bor.

Diskvalifikaciya: Dario Srna

Jarohatlanganlar: Sergey Krivcov, Maksim Malyshev

So'roq ostida: Greguar Defrel.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar hozirgi kungacha 5 uchrashuv o'tkazishgan. SHularning bittasida "Roma", qolgan 4 bahsda "SHaxtyor" g'alabaga erishgan. Gollar kiritish borasida ustunlik ukrainaliklar tomonida - 7:9.

Jamoalarning Ukrainada kechgan bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. 

“SHaxtyor”– “Roma” - 2:1

Gollar: Ferreyra, 52, Fred, 71 — Under, 41


QIZIQARLI FAKTLAR:

- "Roma" so'nggi 10 yildan buyon ECHLning 1/4 final bosqichiga chiqishni uddalamagan. SHu vaqt oralig'ida uch bora bosqichdagi uchrashuvlarda omadsizlikka uchragan.

- "SHaxtyor" 1/8 final doirasida o'tkazilgan so'nggi 2 juft bahslarda "Bavariya" va "Borussiya"ga (Dortmund) yutqazib qo'ygan. Jamoaning bu bosqichdagi so'nggi eng yaxshi natijasi 2011 yili kuzatilgan. O'shanda "SHaxtyor" aynan "Roma"ni ikki o'yin hisobiga ko'ra 6:2 hisobida g'alabaga erishgan.

- "Roma" evrokubok pley-offlari ilk uchrashuvlarida 2 marta 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Birinchi holatda jamoa javob uchrashuvida maqsadiga etgan (3:1, UEFA Kubogi-1995/96 3-bosqichi), ikkinchi holatda esa yana shu hisob bilan mag'lub bo'lgan (1:2, UEFA Kubogi-1998/99 1/4 finali).

- "Roma" evrokuboklar pley-offlari ilk o'yinlarida 20 marta yutqazib qo'ygan. SHulardan faqatgina 6tasida keyingi bosqichga yo'llanman olgan.

- "SHaxtyor" 1/8 final doirasidagi so'nggi 2 uchrashuvda umumiy 0:10 hisobida mag'lub bo'lgan (0:7 — Bavariya, 0:3 — Borussiya).

- "SHaxtyor" pley-offlarning 19tasini g'alaba bilan boshlagan va shularning 16tasida o'z yurishini davom ettirgan.

- "SHaxtyor" barcha turnirlarda so'nggi 4 uchrashuvda "Roma"ni mag'lub etgan.

- "Konchilar" "Roma"ga qarshi o'tgan so'nggi 3 uchrashuvda ikkitadan ko'proq gol urgan.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика