So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda "Qo'qon-1912" "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Paxtakor (Tashkent)
5 iyul 2015 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).


"Qo'qon-1912" va "Paxtakor" oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar sherlarning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkent klubi 11 marta g'olib bo'lgan, 2ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qonliklar hisobida 5ta g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham "Paxtakor" oldinda - 30:11. O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" 35, "Qo'qon-1912" 17 ochkoni qo'lga kiritgan.

"Paxtakor"ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi 7:1 ga teng. "Qo'qon-1912"da bu ko'rsatkich 4:2 bo'lib turibdi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi oliy liga doirasidagi so'nggi uchrashuvlar 2003 yilda bo'lib o'tgan. Dastlabki turda Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda maydon egalari 5:1 hisobida zafar quchishgan. Server Jeparov (ikkita), Vladislav Kiryan, Baxtiyor Hamidullaev va Jafar Irismetov sherlar safida, SHuxrat Yusupov qo'qonliklar tarkibida o'zini ko'rsatgan. So'nggi turda Qo'qonda bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar 3:2 hisobida g'olib chiqishgan. Qo'qonliklar tarkibida Uchqir Ashirmatov, SHuxrat Yusupov va Ahdam Jonaliev gol urishgan bo'lsa, mehmonlardan Aleksandr Kroxmal va Bahrom Umarov to'p kiritishgan.

Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
02.11.2003 Qo'qon-1912 - Paxtakor 3:2
04.06.2002 Qo'qon-1912 - Paxtakor 1:3
21.05.2000 Qo'qon-1912 - Paxtakor 2:1
13.04.1999 Qo'qon-1912 - Paxtakor 3:2
01.11.1998 Qo'qon-1912 - Paxtakor 2:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning vodiyda o'tgan o'yinlarida Qo'qon 4 bor zafar quchgan. Ikki bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. "Paxtakor" ushbu jamoa maydonidan 3 bor 3 ochko bilan qaytgan. Qo'qonda o'tgan oxirgi 7ta o'yinda kamida 3tadan gol urilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика