So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Prevyu. "Qizilqum" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 1-turining so'nggi o'yini Navoiyda "Qizilqum" va "Co'g'diyona" o'rtasida bo'lib o'tadi.
QIZILQUM – SO'G'DIYONA
14 mart 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 17:00
Hakamlar:
H.Ro'ziev, O.Abduvasilov, S.SHoyusupov, E.Tursunov.
Nazoratchi: B.Galeev.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 22 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 22 bahsning 12tasida g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 6ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga 25:16. O'zaro o'inlarda “Qizilqum”  40 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “So'g'diyona” bo'lsa 22 ochkolik bo'lgan.

“Qizilqum”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “So'g'diyona”ning  “Qizilqum”ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:0 ni tashkil etadi.

O'tgan mavsumda qaysi jamoa o'z uyida o'ynasa o'sha 1:0 hisobida zafar quchgan. Navoiydagi bahsda Vladimir SHishelovning urgan goli “So'g'diyona”ni mag'lub etgan. “So'g'diyona” maydonidagi uchrashuvdagi yagona golni Ayubxon No'monov urgan.  

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.06.2014  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  1:0
20.06.2013  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  3:1
22.10.2011  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  0:0
20.06.2009  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  3:0
27.09.2008  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  1:0
13.05.2006  “Qizilqum” – “So'g'diyona”  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” uyida bo'lib o'tgan bahslarda “So'g'diyona” umuman g'alaba qozona olmagan. 8ta uchrashuvda “Qizilqum” g'alaba qozongan, qolgan 3ta o'yinda durang qayd etilgan.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика