So’nggi yangiliklar

18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  1 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  2 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3

Prevyu. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

CHempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" klubi bugun Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Lokomotiv (Toshkent)
26 oktyabr 2015. Navoiy. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 21 bor kesishgan. Natijalar Toshkent klubining ustunligini ko'rsatmoqda. “Lokomotiv” 10 marta, “Qizilqum” 7 marta g'alabaga erishishgan. Yana 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Lokomotiv” foydasiga. Toshkentliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 29ta gol kiritib o'z darvozalaridan 18 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “temiryo'lchilar” 34, “Qizilqum” 25 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxtliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1ga teng.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan o'yin taqdirini birgina gol hal qilgan edi. Katta Jasur Hasanov tomonidan birinchi daqiqada urilgan gol “Loko”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.09.2014 Qizilqum - Lokomotiv 2:3
26.08.2013 Qizilqum - Lokomotiv 1:0
08.08.2012 Qizilqum - Lokomotiv 1:1
03.04.2010 Qizilqum - Lokomotiv 0:1
29.06.2009 Qizilqum - Lokomotiv 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 5tasida maydon egalari uch ochkoga ega bo'lishgan. Uch marta durang qayd etilgan va “Lokomotiv” ikki bor safardan g'olib sifatida qaytgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика