So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

Prevyu. "Qizilqum" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Buxoro"

Bugun "Qizilqum" klubi o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.
Qizilqum (Navoiy) – Buxoro (Buxoro)
21 may. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 19:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), A. Snetkov (Toshkent viloyati), SH. Ro'ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Qizilqum” va “Buxoro” oliy ligada 26 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 13tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Buxoro” hisobida 10ta g'alaba mavjud.

“Buxoro” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 33ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Buxoro” darvozasiga 44ta gol urishgan. “Buxoro”  o'zaro o'yinlarda 33 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 42 ochkoni qo'lga kiritgan. “Buxoro”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa - 5:0.
 
2013 yil ikkala jamoa o'z uyidagi uchrashuvda g'alabaga erishgan. "Buxoro" mezbonlik qilgan bahsda 4:3 hisobi qayd etilgan. Maydon egalari safida Alisher Mahmudov, Vohid SHodiev va Baxriddin Vahobov (ikkita), mehmonlardan Farrux Xaydarov, Farrux SHotursunov va Yannis Mandzukas gol urishgan. Zarafshondagi o'yinda Alisher Xoliqovning har ikkala bo'limda urgan gollari "Qizilqum"ga g'alaba keltirgandi - 2:0.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.10.2013 Qizilqum - Buxoro 2:0
14.04.2012 Qizilqum - Buxoro 1:0
02.04.2011 Qizilqum - Buxoro 0:0
25.04.2009 Qizilqum - Buxoro 3:2
18.10.2008 Qizilqum - Buxoro 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” mezbonlik qilgan o'yinlarda 2 marta durang qayd etilgan. 8 marta “Qizilqum” zafar quchgan bo'lsa, 3ta o'yinda “Buxoro” safarda bo'lishiga qaramay raqibdan ustun kelgan. “Buxoro” “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi 8ta o'yinda g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика