So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  1 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  15 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Andijon"

"Qizilqum" klubi Navoiydagi birinchi uchrashuvini oliy ligaga qaytgan "Andijon" bilan o'tkazadi.
QIZILQUM – ANDIJON
23 mart. Navoiy. “So'g'diyona” stadioni. 17:00
Hakamlar
: B.Namozov, O.Abduvosilov, N.Ro'zimov, N.Qosimov.
Nazoratchi: R.Serazitdinov.

“Qizilqum” va “Andijon” oliy ligada jami 24 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Zarafshonliklar 12 ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. 10 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Qizilqum” oldinda - 44:36. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 38 ochkoni, “Andijon” esa 32 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:2 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum “Andijon” oliy ligada o'ynamagan. Bu jamoalarning oxirgi to'qnashuvlari 2012 yilda bo'lib o'tgan. O'sha mavsumdagi har ikkala o'yinda ham vodiy klubi g'olib chiqqan. Zarafshondagi uchrashuvda hozir “Qizilqum”da o'ynayotgan Vladimir SHishelov “Andijon” safida gol urgan. G'ulom O'runov hisobni tenglashtirgan, so'ngra Bekzod G'oziev to'p kiritib “burgutlar”ga uch ochko keltirgan – 2:1. “Sog'lim Avlod”dagi bahsda muxlislar gollar shousiga guvohi bo'lishgan. Lochin, Soliev, Mo'ydin Mamazulumov (ikkita), Otabek Valijonov “Qizilqum” darvozasini ishg'ol qilgan. Kamiga Timur Kagirov ham o'z darvozasini nishonga olgan. Bunga javoban “Andijon” vakili Bahrom Abdurahimov o'z darvozabonini ranjitgan. Yakuniy hisob 5:1 “burgutlar” foydasiga.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.06.2012  Qizilqum – Andijon  1:2
13.08.2011  Qizilqum – Andijon  2:0
15.05.2010  Qizilqum – Andijon  2:1
26.09.2009  Qizilqum – Andijon  1:0
08.11.2008  Qizilqum – Andijon  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt
: Andijon klubi o'z tarixida Qizilqum maydonida bo'lib o'tgan 12ta o'yinning bittasida g'olib bo'lgan (2012) va bir bor durang (2008) o'ynagan. Qolgan 10 uchrashuvda Navoiy klubi o'z uyida muvaffaqiyatga erishgan. 

Taxmin: Birinchi turda Toshkentda "Bunyodkor" bilan deyarli tengma-teng o'ynagan Yuriy Lukin shogirdlari o'z muxlislari qarshisidagi ilk o'yinni yutishga intilishadi. "Andijon" 2012 yilgi natijasini takrorlay olmasa kerak.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика