So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

PREVYU. PAXTAKOR - ANDIJON Yangiliklar

PREVYU. PAXTAKOR - ANDIJON

Oliy liga ikkinchi davrasining ilk turida "sherlar" va "burgutlar" Toshkentda kuch sinashishadi.
Paxtakor (Toshkent) – Andijon (Andijon)
3 avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar:
M. Muhamedov (Toshkent viloyati), X. Mirzahmedov (Toshkent viloyati), A. Snetkov (Toshkent viloyati), V. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

“Paxtakor” va “Andijon” oliy ligada jami 41 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 30ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 8 o'yinda durang qayd etilgan. “Andijon” hisobida 3ta g'alaba bor. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda - 101:31. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 98 ochkoni, “burgutlar” esa 17 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Andijon”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 2:1ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi 6:1.

Birinchi davrada Andijonda kechgan o'yinda “sherlar” himoyachisi Boyan Miladinovich tomonidan urilgan gol yagona bo'lib qolgandi – 0:1.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.05.2012 Paxtakor - Andijon 1:0
30.07.2011 Paxtakor - Andijon 5:1
08.04.2010 Paxtakor - Andijon 0:0
05.11.2009 Paxtakor - Andijon 2:1
11.05.2008 Paxtakor - Andijon 4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 21ta uchrashuvning 17tasida “sherlar” zafar quchishgan. Uchta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Andijon” bu raqibni safarda umuman enga olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика