So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

PREVYU: O'zbekiston Kubogi -2016 finali. “Metallurg W” – “Sevinch” Yangiliklar

PREVYU: O'zbekiston Kubogi -2016 finali. “Metallurg W” – “Sevinch”

O'n ikki karra O'zbekiston chempioni – “Sevinch” jamoamiz ertaga XV O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushadi.

Jamomamiz, finalda Bekobodning “Metallurg W” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Final uchrashuvida jamoamiz “mehmon” jamoa  sifatida maydonga tushadi.

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi tarixidan

Malumki, O'zbekistonda futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi chempionat 1997 yildan boshlangan. Kubok bahslari 2002 yildan o'tkazila boshlangan. Bu yil kubok uchun musobaqa 15-marta o'tkazilmoqda.

SHunisi diqqatga sazovorki, sakkiz marta billur sovringa egalik qilgan -“Sevinch” jamoamiz o'z tarxida o'n uchinchi marta O'zbekiston Kubogi finalida ishtirok etadi.

Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi sohiblari:
2002 – “Andijanka” (Andijon)
2003 – “Andijanka” (Andijon)
2004 – “Andijanka” (Andijon)
2005 – “Sevinch” (Qarshi)
2006 – “Sevinch” (Qarshi)
2007 – “Sevinch” (Qarshi)
2008 – “Sevinch” (Qarshi)
2009 – “Andijanka” (Andijon)
2010 – “Sevinch” (Qarshi)
2011 – “Sevinch” (Qarshi)
2012 – “Sevinch” (Qarshi)
2013 – “Sevinch” (Qarshi)
2014 – “Metallurg W” (Bekobod)
2015 – “Metallurg W” (Bekobod)

Final uchrashuvi hakamlari

XV O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini FIFA hakami Anna Sidorova boshqaradi. Unga qanotlarda Kristina Sereda va Xayriniso Ergashevalar yordam berishadi. Uchrashuvda Lyudmila Geger zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Final uchrashuvida hakamlar ishini Timur Abdullaev nazorat qiladi. Toshkent shahridan.

O'ZBEKISTON KUBOGI-2016. FINAL
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi)
14.11.2016. “Jar” stadioni. 14:00da
Bosh hakam:
Anna Sidorova (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Kristina Sereda (Buxoro), Xayriniso Ergasheva (Toshkent)
Zaxira hakami: Lyudmila Geger (Toshkent)
Nazoratchi: Abdullaev

“Sevinch”ning  O'zbekiston Kubogidagi natijalari

“Sevinch” 2005 yildan qatorasiga to'rt marta (2005, 2006, 2007, 2008 yillar) va 2010 yildan yana qatorasiga (2010, 2011, 2012, 2013 yillar) O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan. “Sevinch” o'z tarixida sakkiz marta billur sovrinni qo'lga kiritgan jamoa hisoblanadi. Jamoamiz shuningdek 2004 yildan hozirgacha O'zbekiston Kubogining finalchisi hisoblanadi. Bu yutuqni O'zbekiston ayollar futbolida hanuzgacha hech bir jamoa qo'lga kiritgan emas.

O'zingizga malum, “Metallurg W” jamoasi keyingi 2014 va 2015 yillarda O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan va amaldagi kubok sohibi hisoblanadi.

“Sevinch” jamoasi shuningdek I O'zbekiston Superkubogi sohibi ham bo'lgan. Amaldagi Superkubok sohibi esa “Metallurg W” jamoasi hisoblanadi.

“Sevinch” kubok finaliga qanday etib keldi?

Jamoamiz bu yilgi kubok bahslarini 17 avgustdan boshlagan edi. Finalgacha bo'lgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

XV O'zbekiston Kubogi, dastlabki bosqich. 17.08.2016
“Sevinch” (Qarshi) – “TerDU Surxan” (Termiz) 11:0 (7:0)
Gollar:
Nilufar Qudratova 6′-1:0, 19′-3:0, 37′-5:0,  Feruza Turdiboeva, 12′-2:0, 28′-4:0, 48′-9:0,  SHaxzoda Jamolova, 39′-6:0, Saida Xandamova, 40′-7:0, Mahliyo Sarikova, 47′-8:0, 59′-10:0, Elvina Ablyakimova, 67′-11:0.

XV  O'zbekiston Kubogi, chorak finali dastlabki uchrashuv. 17.09.2016.
“Sevinch” (Qarshi) – “SHo'rtan Lady” (G'uzor) 4:0 (3:0)
Gollar:
Ilvina Ablyakimova, 9′-1:0, 56′-4:0, Feruza Turdiboeva, 19′-2:0, Zebo Jo'raeva, 30′-3:0.

XV  O'zbekiston Kubogi, chorak finali javob  uchrashuvi. 19.09.2016.
“SHo'rtan Lady” (G'uzor) – “Sevinch” (Qarshi)  0:5 (0:3)
Gollar:
Feruza Turdiboeva (pen.) 17′-0:1, Mahliyo Sarikova, 19′-0:2, Zebo Jo'raeva, 23′-0:3, Zumrat Nazarova, 50′-0:4, Ilvina Ablyakimova, 60′-0:5.

XV O'zbekiston Kubogi, yarim final dastlabki uchrashuvi. 06.11.2016
“Mashal W” (Muborak) – “Sevinch” (Qarshi) 0:4
Gollar:
Nilufar Qudratova, 51′-0:1, Zebo Jo'raeva, 56′-0:2, Ilvina Ablyakimova, 59′-0:3, Saida Xandamova, 64′-0:4

XV O'zbekiston Kubogi, yarim final javob uchrashuvi. 07.11.2016
“Sevinch” (Qarshi) – “Mashal W” (Muborak) 0:0

 

Barcha futbol ishqibozlari va OAV vakillarini ushbu qiziqarli futbol uchrashuviga taklif etib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика