So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  6 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Prevyu. "Olmaliq" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "So'g'diyona"

"Olmaliq" klubi yangi stadiondagi ikkinchi bahsni Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi o'tkazadi.
OLMALIQ – SO'G'DIYONA
23 mart. Olmaliq. “Olmaliq” stadioni. 17:00
Hakamlar
: A.Asimov, T.Galeev, S.SHoyusupov, A.Rubakov.
Nazoratchi: G'.Karimov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 8 bor kesishgan. Natijalar “Olmaliq”ning kichik ustinligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 3ta o'yinda g'alabaga erishgan. 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 2ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Olmaliq” foydasiga. Olmaliqliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 19ta gol kiritib o'z darvozalaridan 16 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 12, “So'g'diyona” esa 9 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona” oliy ligada “Olmaliq” ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi jizzaxliklarnng eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Olmaliq”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:1ga teng.

O'tgan mavsum Olmaliqda bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar yirik g'alabani qo'lga kiritishgan. Zafar Polvonov (dubl), Sanjar SHoahmedov va Doston Abdurahmonovning gollariga Ayubxon No'monov javob qaytargan – 4:1. “So'g'diyona” mezbonlik qilgan uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Bobur Qosimov hamda Suxrob Berdiev tomonidan urilgan gollarga “Olmaliq” safida Timur Kagirov va SHaxboz Erkinov javob bergan – 2:2.  

Olmaliqda bo'lib o'tgan 4 uchrashuv:
04.07.2013 Olmaliq - So'g'diyona 4:1
02.04.2011 Olmaliq - So'g'diyona 2:2
30.10.2009 Olmaliq - So'g'diyona 3:0
18.05.2008 Olmaliq - So'g'diyona 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan – 3 g'alaba va bir durang. To'rttala o'yinda ham maydon egalari kamida ikkita gol urishgan.

Taxmin: "Olmaliq" o'z maydonidagi ketma-ket ikkinchi o'yinda ham uch ochkoni qo'lga kiritishga yaqin.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика