So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  2 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Farg'onaning "Neftchi" klubi 2014 yilgi mavsumning ilk uy uchrashuvini Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi o'tkazadi.
NEFTCHI – PAXTAKOR
23 mart. Farg'ona. “Qirguli” stadioni. 16:00
Hakamlar
: M.Ismoilov, R.Serazitdinov, R.SHoyahmetov, V.Agishev.
Nazoratchi: I.Nexochin.

Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 44 bor kesishgan. Kichik ustunlik “Paxtakor” tomonida. 20ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 73ta gol kiritib o'z darvozasidan 59 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 67 ochkoni, “Neftchi” esa 58 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil ikkala uchrashuvda ham “sherlar” zafar quchishgan. Toshkentdagi bahs taqdirini Davron Hoshimovning uzoq masofadan urgan goli hal qilgandi – 1:0. Farg'onada tashkil etilgan uchrashuvda Igor Sergeev, Oybek Qilichev va Dilshod SHarofetdinov maydon egalarini ranjitishgan – 0:3.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.10.2013 Neftchi - Paxtakor 0:3
11.06.2012 Neftchi - Paxtakor 3:1
22.10.2011 Neftchi - Paxtakor 4:1
06.05.2010 Neftchi - Paxtakor 3:3
09.09.2009 Neftchi - Paxtakor 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 13tasida muvaffaqiyat qozongan. 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Paxtakor” Farg'onadan to'rt marta uch ochko bilan qayta olgan xolos.

Taxmin: Murod Ismoilov o'z sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu uchrashuvda durang qayd etilsa kerak.

Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика