So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

PREVYU. NEFTCHI – BUXORO Yangiliklar

PREVYU. NEFTCHI – BUXORO

Oliy liganing ikkinchi davrasining ilk turida "Neftchi" "Buxoro" klubini qabul qiladi.
Neftchi (Farg'ona) – Buxoro (Buxoro)
3 avgust. Qirguli. “Neftchi SK” stadioni. 17:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 43 bor kesishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 32ta o'yinda farg'onaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 94:35. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 98 ochkoni, “Buxoro” esa 29 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Neftchi” oliy ligada “Buxoro” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vodiy klubining eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 4:1 bo'lib turibdi.

Birinchi turda Buxorodagi o'yinda muxlislar faqat bitta gol ko'rishgan. Feruz Boboqulov birinchi bo'lim o'rtalarida “Neftchi”ni ranjitgandi – 1:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.08.2013 Neftchi - Buxoro 1:0
01.07.2012 Neftchi - Buxoro 3:1
25.08.2011 Neftchi - Buxoro 2:0
26.09.2009 Neftchi - Buxoro 3:1
30.06.2008 Neftchi - Buxoro 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu raqibga umuman imkoniyat qoldirmagan. Vodiyda tashkil etilgan 21ta bahsning barchasida mezbonlar uch ochkoga ega chiqishgan!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика