So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona"

Teglar :  So'g'diyonaNavbahor
Namanganning "Navbahor" klubi o'z uyida "So'g'diyona" klubiga qarshi o'ynaydi.

Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax)
2 aprel 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:30
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

“Navbahor” hamda “So'g'diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 40 bor kuch sinashishgan. 21ta o'yinda “Navbahor”, 14ta o'yinda esa “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 73 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “So'g'diyona” esa 48 bor gol kirita olgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 68 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar hisobida 47 ochko mavjud. “So'g'diyona”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. Namanganliklarning eng yirik g'alabasi esa 7:0.

Bir yil oldin Namangandagi bahs taqdirini mezbonlar vakili Otabek Valijonov tomonidan urilgan gol hal qilgandi – 1:0. Jizzaxda esa Muzaffar Muzaffarov va Akmal Abdurahmonovning gollari “So'g'diyona”ga g'alaba keltirgandi – 2:0.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.04.2015 Navbahor - So'g'diyona 1:0
11.04.2014 Navbahor - So'g'diyona 4:2
29.10.2013 Navbahor - So'g'diyona 3:1
20.08.2011 Navbahor - So'g'diyona 2:1
19.09.2009 Navbahor - So'g'diyona 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bungi kunga qadar “Navbahor” maydonida g'alaba qozona olmagan. Vodiyda bo'lib o'tgan 16ta o'yinda “lochinlar” zafar quchishgan bo'lsa, qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan. Oxirgi to'rt o'yinda “lochinlar” to'rt bor g'alaba qozonishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика