So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor"

Oliy liganing 22-turida "Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Navbahor (Namangan) - Paxtakor (Toshkent)
20 sentyabr 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:30
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy ligada 47 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 30ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “SHerlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 81ta gol urib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 96 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Toshkentda o'tgan o'yin taqdirini yagona gol hal qilgandi. Bahs tugashiga 7 daqiqa qolganida Stanislav Andreev tomonidan kiritilgan to'p “sherlar”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.10.2014 Navbahor - Paxtakor 0:1
08.11.2013 Navbahor - Paxtakor 2:2
18.08.2012 Navbahor - Paxtakor 0:1
14.10.2011 Navbahor - Paxtakor 2:0
04.04.2010 Navbahor - Paxtakor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z uyida 10 marta bu raqibni mag'lub etgan. “SHerlar” Namangandan 9 bor g'olib bo'lib qaytgan. Qolgan 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Oxirgi uch yilda “Navbahor” o'z uyida “Paxtakor”ni mag'lub eta olmagan.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика