So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Prevyu. "Navbahor" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Nasaf"

Ushbu mavsumda hali mag'lub bo'lmagan "Nasaf" Kosonsoyda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.
NAVBAHOR – NASAF
6 aprel. Kosonsoy. “Kosonsoy” stadioni. 16:00
Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Ilyosov, M.Saidqosimov, A.Mo'minov.
Nazoratchi: R.Aytekov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 34 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 18ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib bo'lgan. Etti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati esa “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 56ta gol kiritib o'z darvozalaridan 54 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Ajdarlar” 61 ochkoni, “Navbahor” esa 34 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Nasaf” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Nasaf”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Kosonsoyda bo'lib o'tgan o'yinda “Nasaf” SHohruh Gadoev hamda Ilhom SHomurodovning golalri evaziga g'olib bo'lgan. Ro'zimboy Ahmedov tomonidan so'nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol hisobni qisqartirgan xolos – 1:2. “Ajdarlar” o'z maydonlarida Ilhom Yunusov (2ta), Artur Gevorkyan (2ta) va Zohid Abdullaevning gollari evaziga yirik g'alabaga erishishgan – 5:0.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.03.2013  Navbahor - Nasaf 1:2
03.09.2012  Navbahor - Nasaf 1:2
19.05.2011  Navbahor - Nasaf 1:1
02.05.2010  Navbahor - Nasaf 1:1
09.10.2009  Navbahor - Nasaf 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” oliy ligada 17ta o'yindan buyon “Nasaf”ni mag'lub eta olmay kelmoqda. Oxirgi marta “lochinlar” 2005 yil “Nasaf”ni o'z maydonlarida taslim qilishgandi – 2:1. “Nasaf” bu raqibni safarda to'rt marta (2006, 2009, 2012 va 2013 yil) mag'lub eta olgan. Faqat “Navbahor” mezbonlik qilgan o'yinlarni olsak: “lochinlar” so'nggi sakkiz yildan buyon ushbu raqibni mag'lub eta olishmayapti – 4ta durang, 3ta mag'lubiyat. 


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика