So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Prevyu. "Navbahor" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Metallurg"

Namanganning "Navbahor" klubi 2-turni o'z muxlislar qarshisida "Metallurg" klubini qabul qiladi.
NAVBAHOR - METALLURG
20 mart 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

“Navbahor” va “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 17ta o'yinda g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 8 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida katta ustunlik “Navbahor” tomonida: 54:34. “Lochinlar” o'zaro o'yinlarda 59 ochkoga ega bo'lishgan, “Metallurg” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng bo'lsa, “Metallurg”ning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:0.

2014 yil birinchi davradagi bahsda “Metallurg” muvaffaqiyat qozongan. Aleksandr Kovalev va Alisher Ziyovuddinovning gollari “Navbahor” klubining mag'lubiyatini taminlagan – 2:0. Namangandagi bahsda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchishgan. Otabek Valijonov (ikkita), SHaxboz Erkinov va Ruslan Kachur “lochinlar” safida, Alisher Ziyovuddinov va Mirto'ra Akbarov “Metallurg” tarkibida to'p kiritishgan.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.08.2013 Navbahor - Metallurg 4:2
04.07.2013 Navbahor - Metallurg 2:1
06.10.2012 Navbahor - Metallurg 1:0
05.03.2011 Navbahor - Metallurg 1:0
16.10.2010 Navbahor - Metallurg 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida ushbu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan. 17ta o'yinning 15tasida maydon egalari zafar quchishgan. 2ta o'yin durang bilan tugagan. “Metallurg” so'nggi bor 2007 yil vodiydan mag'lubiyatga uchramay qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика