So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  14 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Prevyu. "Navbahor" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Mashal"

Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumni safarda "Navbahor"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Navbahor – Mashal
14 mart 2015. Namangan. "Markaziy" stadion. 16:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, X.SHodmonov, T.Gaynulin, R.Kopadze
Nazoratchi: S.Ermatov.

“Navbahor” va “Mashal” oliy ligada jami 28 bora to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikki jamoa 11tadan o'yinda zafar quchishgan, 6ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida esa “Navbahor” oldinda - 38:32. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 39, “Mashal” 39 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 8:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil dastlabki davrada “Mashal” o'z uyida g'alabaga erishgandi. Zohir Qo'ziboev, Zafar To'raev va Mo'ydin Mamazulumovning urgan gollariga “lochinlar” himoyachisi Yuriy Rijko bir bor javob bergandi – 3:1. Vodiydagi uchrashuvda Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov va SHaxboz Erkinovning gollari “Navbahor”ga yirik g'alaba keltirgan – 3:0.

Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 Navbahor - Mashal 3:0
03.08.2012 Navbahor - Mashal 2:2
05.08.2011 Navbahor - Mashal 2:0
13.03.2010 Navbahor - Mashal 0:0
25.06.2009 Navbahor - Mashal 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning vodiyda o'tgan o'yinlarida “Navbahor” 9 bor zafar quchgan. Uch bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Mashal” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta 2007 yili “Mashal” Namangandan g'alaba bilan qaytgan. SHundan keyin tashkil etilgan 6ta uchrashuvda “Navbahor” o'z uyida bu jamoaga yutqazmagan. 


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика