So’nggi yangiliklar

11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  0 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  1 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  38 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  16 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  30 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  8 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  51 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1

Prevyu. "Nasaf" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Qizilqum"

Teglar :  QizilqumNasaf
Oliy liganing 8-turida "Nasaf" klubi o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Nasaf (Qarshi) – Qizilqum (Navoiy)
8 may 2016. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:45
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Burov (Buxoro), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

“Nasaf” hamda “Qizilqum” klublari oliy ligada shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. “Ajdarlar” 20ta o'yinda g'alaba qozonishgan. 6ta uchrashuvda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Nasaf” tomonida: 60:34. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 66 ochkoga ega bo'lishgan, “Qizilqum” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Qizilqum”ning qarshiliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:1.

Bir yil oldin Qarshida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishgan. Artur Gevorkyan va SHohruh Gadoev (2ta) tomonidan urilgan gollarga navoiyliklar to'purari Bahriddin Vahobov javob bergandi – 3:1. Navoiyda ham “Nasaf” 3 ochkoga ega chiqqandi. Azamat Allaniyozov va Artur Gevorkyan mehmonlar safida, Alisher Xoliqov mezbonlar tarkibida gol urishgandi – 1:2.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
16.04.2015 Nasaf - Qizilqum 3:1
25.10.2014 Nasaf - Qizilqum 2:0
29.06.2013 Nasaf - Qizilqum 7:1
07.05.2012 Nasaf - Qizilqum 2:0
01.11.2011 Nasaf - Qizilqum 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Nasaf” uyida kechgan bahslarda mezbonlar 13 marta g'alaba qozonishgan. Ikki o'yinda durang qayd etilgan. “Qizilqum” esa safardan faqat bir marta (2008 yil) bor uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi 7ta o'yinda “Nasaf” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика