So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  7 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Prevyu. "Nasaf" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Andijon"

Teglar :  NasafAndijon
Oliy liganing 7-turida "Andijon" klubi safarda "Nasaf" mehmoni bo'ladi.

Nasaf (Qarshi) – Andijon (Andijon)
28 aprel 2016. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar
: SH. Qosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“Nasaf” va “Andijon” oliy ligada jami 34 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda.  SHu kunga qadar “ajdarlar” 22ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 81ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 43 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 73 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.

“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.

2014 yil ikkala o'yinda “Nasaf” g'alaba qozongan. Qarshidagi bahsda Artur Gevorkyan dublga erishgan, Oleksandr Koblash yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgandi. “Burgutlar” safida yagona javob to'piga Rustam Azamov mualliflik qilgandi – 3:1. Vodiydagi uchrashuvda Artur Gevorkyan tomonidan penaltidan urilgan gol “Nasaf”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.03.2015 Nasaf - Andijon 3:1
01.10.2014 Nasaf - Andijon 3:0
22.04.2012 Nasaf - Andijon 4:0
06.03.2011 Nasaf - Andijon 2:0
06.05.2010 Nasaf - Andijon 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 15 bor g'alaba qozongan, “burgutlar” Qarshidan faqat bir marta (1999 yil) g'alaba bilan qaytgan. 2007 yildagi bahsda esa “Andijon” safarda durang o'ynagan. Oxirgi ettita uy o'yinida “Nasaf” etti bor zafar quchgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика