So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  7 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  2 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Prevyu. "Mashal" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Paxtakor"

Muborakning "Mashal" klubi o'z uyida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi.
MASH'AL – PAXTAKOR
5 aprel. Muborak. “B.Vafoev nomidagi” stadion. 16:30
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, E.Tursunov
Nazoratchi: R.Serazetdinov.

“Mashal“ hamda “Paxtakor“ shu kunga qadar o'zaro 26 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Paxtakor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 26 bahsning 17tasida g'alaba qozonishgan. Beshta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 4ta o'yinda “Mashal”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “sherlar” foydasiga 50-18. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 56 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal” 17 ochkolik bo'lgan.

“Mashal”ning “Paxtakor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0. O'z navbatida “Paxtakor”ning  “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1 ni tashkil etadi.

O'tgan yil “Mashal” birinchi ligada o'ynagan. SHu bois ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvlari 2012 yilda bo'lib o'tgan. O'sha yil Muborakdagi bahsda Irakli Klimiashvili, Ilhom Suyunov va Temurxo'ja Abduxoliqovning urgan gollari “sherlar”ga g'alaba keltirgan – 3:0. Xuddi shu hisob Toshkentda ham kuzatilgan. Bu safar SHaxboz Erkinov, Kaxi Maxaradze va Abbos Maxstaliev o'zini ko'rsatgan – 3:0.   

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
10.05.2012  Mashal – Paxtakor  0:3
24.04.2011  Mashal – Paxtakor  1:0
25.09.2010  Mashal – Paxtakor  1:2
24.08.2009  Mashal – Paxtakor   0:0
18.04.2008  Mashal – Paxtakor   0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Mashal” o'z uyida o'tgan 13ta o'yindan 6tasida “Paxtakor”ga mag'lub bo'lgan. 4 bor maydon egalari zafar quchishgan, 3 marta durang qayd etilgan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика