So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

Prevyu. "Mashal" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Lokomotiv"

"Mashal" va "Lokomotiv" klublari oliy liganing 9-turida Muborakda to'qnash kelishadi.
Mashal (Muborak) – Lokomotiv (Toshkent)
21 may. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:30
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Mashal“ va “Lokomotiv“ oliy ligada jami 16 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 16 bahsning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 6ta o'yinda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Mashal” foydasiga 23:15. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 28 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Lokomotiv” 19 ochkolik bo'lgan.

“Lokomotiv”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0. O'z navbatida “Mashal”ning  “temiryo'lchilar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1 ni tashkil etadi.

O'tgan yil “Mashal” oliy ligada ishtirok etmagan. 2012 yil bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda “Lokomotiv” g'alaba qozongandi. Toshkentda Islom To'xtaxo'jaev tomonidan urilgan yagona gol "Loko"ga uch ochko keltirgandi - 1:0. "Mashal" maydonida tashkil etilgan bahsda Zayniddin Tojiev penaltidan gol urib mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan, birinchi bo'limning o'zida Milorad Risanovich penaltidan to'p kiritib hisobni tenglashtirgandi. 90-daqiqada Aleksandr SHadrin "temiryo'lchilar"ga g'alaba keltiruvchi golni urgandi - 1:2.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2012  Mashal – Lokomotiv  1:2
15.05.2010  Mashal – Lokomotiv  1:0
09.10.2009  Mashal – Lokomotiv  1:0
18.05.2008  Mashal – Lokomotiv  2:1
22.09.2007  Mashal – Lokomotiv  4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Mashal” klubi o'z uyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 8ta o'yindan faqat ikkitasida mag'lub bo'lgan. Qolgan 6ta o'yinda muborakliklar zafar quchishgan. “Temiryo'lchlar” 2006 va 2012 yillarda safarda zafar quchishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика