So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  6 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Prevyu. "Mashal" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Bunyodkor"

Bir yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytgan "Mashal" Muborakdagi dastlabki o'yinni O'zbekiston chempioni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.
MASH'AL – BUNYODKOR
23 mart. Muborak. “Bahrom Vafoev” nomidagi stadion. 16:00
Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Ilyosov, M.Saidqosimov, D.Karimov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 12 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 12 bahsning barchasida g'alaba qozonishgan. Bundan tashqari “Mashal” oliy ligada hali “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qila olmagan. To'plar nisbati 23-0 “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 36 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal”da bu ko'rsatkich hozircha 0 bo'lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Mashal” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

2013 yil “Mashal” birinchi ligada o'ynadi. Ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi uchrashuvlar 2012 yilda bo'lib o'tgan. Dastlabki turda Toshkentda tashkil etilgan bahsda Artyom Filiposyan tomonidan urilgan gol “Bunyodkor”ga g'alaba keltirgan. So'nggi tur Muborakdagi uchrashuvda Kamoliddin Murzoev va Bahodir Pardaev maydon egalarini ranjitishgan.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.11.2012 Mashal – Bunyodkor  0:2
07.03.2011 Mashal – Bunyodkor  0:2
05.08.2010 Mashal – Bunyodkor  0:2
12.11.2009 Mashal – Bunyodkor  0:1
11.09.2008 Mashal – Bunyodkor  0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Mashal” ushbu raqib darvozasiga o'z uyida umuman gol ura olmagani tushunarli. “Bunyodkor” Muborakda 540 daqiqada davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab kelmoqda. Oxirgi uch o'yinda “qaldirg'ochlar” “Mashal” maydonidan bir xil 2:0 hisobidagi g'alabalar bilan qaytishgan.

Taxmin: "Mashal" balki bu raqib darvozasiga birinchi golini urar, lekin baribir "Bunyodkor" g'olib bo'lsa kerak.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика