So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Prevyu. "Mashal" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Andijon"

Oliy liganing 2-turida "Mashal" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.
MASH'AL – ANDIJON
20 mart 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Oliy liganing bu ikki klubi o'zaro 26 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 16 o'ynida g'alaba qozonishgan, 3 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “burgutlar” esa bugunga qadar raqibni 7 bor mag'lub eta olishgan. To'p kiritish borasida ham ustunlik “Mashal” tomonida – 41:32. O'zaro o'ynlarda “Mashal” 51, “Andijon” esa 24 ochkolik bo'lgan.

“Andijon”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Mashal”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng.

O'tgan mavsum birinchi davrada vodiydagi o'yinda mehmonlar zafar quchishgan. Uchrashuv taqdirini hal qilgan golni 83-daqiqada Zohir Qo'ziboev “burgutlar” darvozasiga urgandi – 0:1. Muborakdagi bahsda esa “Mashal” raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan. Bahsda hisobni mehmonlar vakili Aziz Ibragimov ochgandi. Bunga “gazchilar” Mirzohid G'ofurov, G'iyosjon Komilolv, Zafar To'raev, Zohir Qo'ziboev, Mo'ydin Mamazulumov va Andrey Derkachning gollari bilan javob berishgan – 6:1.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2014 Mashal - Andijon 6:1
03.09.2012 Mashal - Andijon 1:0
15.10.2011 Mashal - Andijon 4:0
20.03.2010 Mashal - Andijon 1:0
24.05.2009 Mashal - Andijon 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Mashal” o'z uyida bu raqibga umuman yutqazmagan. 12 bor muborakliklar o'z maydonlarida g'alaba qozonishgan. Faqat 1 marta “burgutlar” vohadan bir ochko bilan qaytishgan (1995 yil). “Andijon” Muborakdagi oxirgi 6ta o'yinda atiga bir marta gol ura olgan.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика