So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Prevyu. “Manchester Yunayted” – “Liverpul” Yangiliklar

Prevyu. “Manchester Yunayted” – “Liverpul”

Ushbu turning shubhasiz markaziy uchrashuvi “Orzular teatri”da bo'lib o'tadi.
Ingliz klublari orasida hammadan ham ko'proq sovrin yutgan ikki azaliy raqib to'qnash keladigan ushbu o'yin prevyusi bilan tanishing.

“Manchester Yunayted” – “Liverpul”
Stadion
: “Old Trafford”, Manchester.
 Boshlanish vaqti: 18:30 (Toshkent vaqti bilan) 16 mart, 2014 yil.
Bosh hakam. Mark Klattenburg (Darxem).



Tarkiblardagi holat

“Manchester Yunayted”
“Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan “Yunayted”da yo'qotishlar deyarli yo'q. Jarohatlanganlarning deyarli barchasi safga qaytgan. Bir necha kun ilgari uzoq muddat jamoaga yordam bera olmagan portugaliyalik Nani ham jamoa bilan umumiy guruhda mashg'ulotlarda qatnasha boshladi va ushbu o'yinda maydonga tushishga tayyor. Bugun Evans, Rafael va Ernandeslar ham o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.  Ularning hammasi o'zini ancha yaxshi his qilmoqda.

Diskvalifikaciyalar: yo'q.
Ishtiroki so'roq ostida: Rafael, Evans, Ernandes.

“Liverpul”
Liverpulliklar tarkibida Mamadu Sako hamda Lukas Leyvalar jarohatini davolab, tiklanish jarayonini boshdan kechirishdi va ko'p ehtimolki, bugun maydonga tusha olishadi. Enrike esa tizzasidagi jarohat tufayli hamon safga qaytishga tayyor emas.

Diskvalifikaciyalar: yo'q.
Jarohatlanganlar: Enrike (tizza).
Ishtiroki so'roq ostida: Leyva, Sako.



Jamoalarning hozirgi holati

“Manchester  Yunayted:

48 ochko bilan jadvalda 6-o'rin.

“Yunayted” Premer-liga doirasidagi so'nggi uch o'yinda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. O'z uyida o'tkazilan 14 o'yinda Moyes shogirdlari 18 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Turnir jadvalida MYUdan yuqorida joylashgan jamoalardan faqatgina “Tottenxem”da bu ko'rsatgich yomonroq (16ta).

“Qizil iblislar” 2011 yilning 31-dekabridan buyon penaltidan gol o'tkazib yubormagan. O'shanda “Blekbern” 11 mentrlik nuqtadan “Yunayted” darvozasini ishg'ol qilgandi.

Jamoa to'pururlari:
van Persi -14 gol, (APLda 11), Runi - 13 gol (APLda 11)
 
“Liverpul”
59 ochko bilan ikkinchi o'rinda.

“Liverpul” chempionat doirasida 9 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Bu o'yinlardan 7tasini g'alaba bilan nihoyalagan.

Rojers jamoasi bugun premer liga doirasidagi qatorasiga 5-g'alabaga erishish uchun intiladi. So'nggi marta liverpulliklar chempiolnat doirasida ketma-ket besh g'alabani 2008-09 yilgi mavsuida qo'lga kiritgandi.  O'sha mavsumda ular umumiy hisobda 77ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Rojers shogirdalri ushbu mavsum o'yinlarining birinchi bo'limida 47ta gol kirita olgan. Bu esa “Yunayted”ning mavsumdagi barcha gollaridan bittaga ko'proq degani.
“Liverpul” bu mavsumda hammadan ko'ra ko'proq penalti tepgan - 7 marta.

Jamoa to'purarlari: Suares - 24 gol (APLda 24), Starrij - 21 gol (APLda 18)



O'zaro o'yinlar
Jamoalar barcha musobaqalarda o'zaro 189 marta to'qnash kelishgan. Ulardan 75tasida “Manchester Yunayted”, 63 bora “Liverpul” g'alaba qozongan. 51 o'yin esa durang bilan yakun topgan.

“Manchester Yunayted” “Old Trafford”da bo'lib o'tgan so'nggi  9 o'yinda “Liverpul”ni 8 marta mag'lub etgan. Bittasida mehmon jamoa g'olib bo'lgan.

Abror Qodirov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика