Prevyu. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"
07 apr 2014 08:43
Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"
Oliy liganing 4-turidan o'rin olgan so'nggi bahsda "Lokomotiv" va "So'g'diyona" klublari o'zaro bellashishadi.
LOKOMOTIV – SO'G'DIYONA
7 aprel. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
Hakamlar: I.Tantashev, H.SHodmonov, X.Mirzaahmedov, D.Dosanov
Nazoratchi: I.Nexochin.
“Lokomotiv” va “So'g'diyona” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Lokomotiv” ushbu raqibni 8 marta mag'lub etgan. “So'g'diyona” 2 marta g'alabaga erishgan. Qolgan 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 25ta gol urgan, “So'g'diyona” futbolchilari atiga 7 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 26 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” hisobida 8 ochko bor. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.
2013 yil “Lokomotiv” uyidagi uchrashuvda Suxrob Berdiev gol urib “So'g'diyona”ni oldinga olib chiqqan. Ikkinchi bo'limda Farhod Tojievning uchta goli “temiryo'lchilar”ga irodali g'alabani taqdim etgan – 3:1. Zominda o'tgan bahsda ham “So'g'diyona” hisobni ochgan. Ilyos Qurbonovning goliga mehmonlar safida Akmal Xolmatov (3ta) va Viktor Karpenko javob berishgandi – 1:4.
Toshkentda o'tgan barcha uchrashuv:
13.05.2013 Lokomotiv - So'g'diyona 3:1
07.09.2009 Lokomotiv - So'g'diyona 1:0
12.11.2008 Lokomotiv - So'g'diyona 3:0
02.04.2006 Lokomotiv - So'g'diyona 1:0
21.05.2005 Lokomotiv - So'g'diyona 5:0
25.06.2004 Lokomotiv - So'g'diyona 3:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” safarda “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 6ta o'yinning barchasida mag'lub bo'lgan. Bundan tashqari Jizzax klubi mana shu o'yinlarda Toshkentda “Loko” darvozasiga faqat bitta gol urgan xolos.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar