So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf"

Oliy liganing 22-turidan o'rin olgan eng markaziy o'yin Toshkentda "Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi)
19 sentyabr 2015. Toshkent. TTYMI stadioni. 18:00
Hakamlar: X. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 21 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 12ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4ta uchrashuvda “Lokomotiv” g'olib bo'lgan. Besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 31ta gol kiritib o'z darvozalaridan 19 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 41 ochkoni, “temiryo'lchilar” esa 17 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Nasaf” oliy ligada “Lokomotiv” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vohaliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:2 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Qarshida o'tgan bellashuvda tomoshabinlar faqat bitta golning guvohiga aylanishgandi. Farruh Sayfiev 10-daqiqada “temiryo'lchilar” darvozasini ishg'ol qilib “Nasaf”ning g'alabasini taminlagandi – 1:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
24.03.2014 Lokomotiv - Nasaf 1:1
13.09.2013 Lokomotiv - Nasaf 2:0
25.03.2012 Lokomotiv - Nasaf 0:1
28.03.2010 Lokomotiv - Nasaf 0:0
20.10.2009 Lokomotiv - Nasaf 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  Toshkentda bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 2tasida “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'rtta o'yinda “Nasaf” uch ochko egasiga aylangan. Yana to'rtta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. So'nggi ikki yilda “ajdarlar” safarda g'alaba qozona olishmagan.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика