So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  0 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

PREVYU. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 4-turining eng so'nggi uchrashuvi Toshkentda "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasida kechadi.
Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
13 aprel 2015. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, D.Karimov.
Nazoratchi: B.Galeev.

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 8 marta mag'lub etgan. 4ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” hozirgacha “Bunyodkor”ni 2 marta mag'lub eta olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 25ta gol urgan, “Lokomotiv” futbolchilari 14 marta hamshaharlari darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoga ega bo'lgan, “temiryo'lchilar” hisobida 10 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Lokomotiv”ning eng yirik g'alabasi – 3:1.

O'tgan mavsum 5-turda “Bunyodkor” maydonida tashkil etilgan bahsda durang qayd etilgan. Oleksandr Pishurning birinchi bo'limda urgan goliga bahs so'nggida Farhod Tojiev javob bergandi – 1:1. “Lokomotiv” mezbon bo'lgan uchrashuvda Zabihillo O'rinboev hisobni ochgandi. Taym so'nggida Farhod Tojiev penaltidan gol urib hisobni tenglashtirgandi. Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor”ning serbiyalik legioneri Ivan Miloshevich to'p kiritib “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgandi - 1:2.

“Lokomotiv” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
28.08.2014 Lokomotiv - Bunyodkor 1:2
05.08.2013 Lokomotiv - Bunyodkor 1:1
08.10.2012 Lokomotiv - Bunyodkor 3:1
09.04.2010 Lokomotiv - Bunyodkor 0:4
04.04.2009 Lokomotiv - Bunyodkor 0:2
03.10.2008 Lokomotiv - Bunyodkor 2:3
03.12.2007 Lokomotiv - Bunyodkor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” maydonida bo'lib o'tgan 7ta o'yinning to'rttasida mehmonlar g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda durang kuzatilgan. “Temiryo'lchilar” o'z uyilarida ikki marta zafar quchishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика