So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Prevyu. "Dinamo" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" - "Bunyodkor"

Samarqandda "Dinamo" klubi yaqinda bosh murabbiyi o'zgargan "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.
DINAMO – BUNYODKOR
6 aprel. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 16:00
Hakamlar:
A.Asimov, A.Snetkov, F.Hasanov, A.Rubakov
Nazoratchi: A.Arutyunov.

“Dinamo” va “Bunyodkor” oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” 13ta o'yinda g'olib bo'lgan, 1ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirga qadar umuman mag'lub eta olmagan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 31:6. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 1, “Bunyodkor” esa 40 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”da g'alaba yo'qligi haqida aytib o'tdik.

O'tgan yilgi har ikkala bahsda ham “qaldirg'ochlar” g'olib bo'lishgan. Samarqanddagi uchrashuvda Oleksandr Pishur ikkita, Marko Blajich bitta gol urgan – 0:3. Toshkentdagi javob bahsida Farrux SHotursunov hisobni ochgandi. Bunga javoban “qaldirg'ochlar” safida Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov va Oleksandr Pishur (2ta) gol urishgan – 4:1.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.04.2013  Dinamo - Bunyodkor 0:3
21.05.2012  Dinamo - Bunyodkor 0:1
15.04.2011  Dinamo - Bunyodkor 0:1
12.09.2010  Dinamo - Bunyodkor 1:2
01.03.2009  Dinamo - Bunyodkor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” “Bunyodkor”ga qarshi o'yinlardagi yagona durangni o'z maydonida (2007 yil) qo'lga kiritgan. SHundan so'ng bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan ketma-ket 13ta o'yinda “qaldirg'ochlar” xoh safarda bo'lsin, xoh uyda raqibni mag'lub etib kelishmoqda. “Dinamo” 2010  yildan buyon o'z uyida “Bunyodkor”ga gol ura olmayapti.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика