So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   19 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  37 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  2 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  25 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  2 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  4 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  8 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  13

PREVYU. "Dinamo" - "Andijon" Yangiliklar

PREVYU. "Dinamo" - "Andijon"

Samarqandda "Dinamo" va "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Dinamo (Samarqand) – Andijon (Andijon)
27 avgust. Samarqand. “Dinamo”. 17:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
PFLUz vakili: F. Magametov.

“Dinamo” va “Andijon” oliy ligada 37 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. Etti o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Andijon”ni 16 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 57ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 49ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 49 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “arslonlar” 55 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning oliy ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.

Dastlabki davrada Andijonda tashkil etilgan bahsda tomoshabinlar 5ta golning guvohiga aylanishgan. Hisobni mehmonlar yarim himoyachisi Abdulla Nabiev ochgan. SHundan so'ng maydon egalari hujumchisi Anvar Rajabov dublga erishgan. Bunga “Dinamo” hujumchisi Sanat SHixov dubli bilan javob bergan – 2:3.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
19.10.2012 Dinamo - Andijon 3:0
21.05.2011 Dinamo - Andijon 3:1
27.05.2010 Dinamo - Andijon 2:0
25.04.2009 Dinamo - Andijon 1:1
28.08.2008 Dinamo - Andijon 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” o'z uyida bo'lib o'tgan 18ta o'yinning 12tasida g'olib bo'lgan. 5ta uchrashuvda durang qayd etilgan. “Andijon” o'z tarixida bir bor (1993 yil) Samrqanddan uch ochko bilan qaytgan. SHundan keyin bo'lib o'tgan 16ta o'yinda “Dinamo” o'z maydonida bu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика