So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   15 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  37 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  2 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  25 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  4 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  8 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  13

PREVYU. "Buxoro" - "So'g'diyona" Yangiliklar

PREVYU. "Buxoro" - "So'g'diyona"

Edgar Gessni ishdan bo'shatgan "Buxoro" klubi o'z maydonida "So'g'diyona" klubini qabul qiladi.
Buxoro (Buxoro) – So'g'diyona (Jizzax)
27 avgust. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 19:00
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Caidov (Toshkent), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
PFLUz vakili:
A. Frolov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 37 bor kesishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikkala jamoa ham 16 martadan g'alabaga erishgan. Beshta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “So'g'diyona” foydasiga. Jizzax klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 54ta gol kiritib o'z darvozasidan 50 marta to'p olib chiqqaan. O'zaro o'inlarda “So'g'diyona” ham, “Buxoro” ham 53 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Buxoro” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi buxoroliklarning eng yirik hisobidir. “So'g'diyona”ning o'zaro o'yinlardagi “Buxoro” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 6:2 bo'lib turibdi.

Birinchi davraning beshinchi turida Zominda bo'lib o'tgan bahs taqdirini bitta gol hal qilgan. Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Feruz Boboqulovning mezbonlar darvozasiiga kiritgan to'pi “Buxoro”ga uch ochko keltirgan – 0:1.

“Buxoro” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

23.03.2013 Buxoro - So'g'diyona 4:1
09.09.2011 Buxoro - So'g'diyona 2:1
17.10.2009 Buxoro - So'g'diyona 0:0
13.09.2008 Buxoro - So'g'diyona 2:3
28.05.2006 Buxoro - So'g'diyona 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida 10 marta g'alabaga erishgan va 3 marta durang o'ynagan. Qolgan 5ta bahsda “So'g'diyona” safarda muvaffaqiyatga erishgan. Oxirgi uch o'yinda “So'g'diyona” safarda g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика