So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  2 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Prevyu. "Buxoro" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Navbahor"

"Buxoro" chempionatning ikkinchi turini ham o'z maydonida, bu safar "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.
BUXORO – NAVBAHOR
23 mart. Vobkent. “Vobkent” stadioni. 16:30.
Hakamlar
: Z.Qodirov, A.Snetkov, H.Mirzaahmedov, N.Boltaev.
Nazoratchi: R.Mo'minov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 42 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 42 o'yindan 21tasida vodiyliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 14 ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Yana 7 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “lochinlar” foydasiga. Namanganliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 77ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 50 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Navbahor” 70 ochkoni, “Buxoro” esa 49 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Navbahor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yilgi to'qnashuvlarda ustunlik “Buxoro” tomonida bo'lgan. Birinchi davrada Vobkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda hozir “Navbahor” safida o'ynayotgan Alisher Mahmudov “Buxoro” tarkibida penaltidan hisobni ochgan. 89-daqiqada G'ayrat Jo'raev tomonidan kiritilgan to'p hisobni 1:1 bo'lishini taminlagan. Ikkinchi davrada “Navbahor” mezbonlik qilgan bahsda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Maydon egalari safida Ro'zimboy Ahmedov va Oyatullo Muhiddinov o'zini ko'rsatgan bo'lsa, mehmonlar safida ayni paytda “Bunyodkor” sharafini himoya qilayotgan Vohid SHodiev (ikkita) va Bahodir Pardaev gol urishgan – 2:3.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.05.2013  Buxoro – Navbahor  1:1
29.09.2012  Buxoro – Navbahor  2:1
13.08.2011  Buxoro – Navbahor  1:1
30.10.2009  Buxoro – Navbahor  3:0
12.04.2008  Buxoro – Navbahor  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 11tasida mezbonlar, 6tasida mehmonlar g'olib bo'lishgan. 4ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. “Navbahor” Buxoroda so'nggi marta 2005 yilda g'alabaga erishgan. SHundan so'ng bo'lib o'tgan 6ta o'yinda “Buxoro” o'z uyida bu raqibga imkoniyatni boy bermagan.

Taxmin:
"Buxoro" o'z maydonida mag'lub bo'lmasa kerak. Lekin g'olib bo'lish ham oson emas. Uchrashuv durang hisobi bilan tugasa kerak.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика