So’nggi yangiliklar

18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  8 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  5 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  19 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0

PREVYU. "Buxoro" - "Nasaf" Yangiliklar

PREVYU. "Buxoro" - "Nasaf"

Oliy liganing 16-turida Qarshining "Nasaf" klubi "Buxoro" mehmoni bo'ladi.
Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi)
15 avgust. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 19:00
Hakamlar:
B.Namazov, R.Serazetdinov, R.SHoyaxmetov, N.Boltaev.
Nazoratchi: V.Valickiy.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 33 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 33 o'yindan 16tasida qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. 8ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “ajdarlar” foydasiga. Qarshiliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 58ta to'p kiritib o'z darvozasidan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Nasaf” 56 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “ajdarlar”ning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Nasaf” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

3-turda Qarshida kechgan bahsda hisob 16-daqiqada Artur Gevorkyanning penaltidan urgan goli evaziga ochilgan. Bo'lim so'nggida Kenja To'raev ikkinchi bor mehmonlarni ranjitgan. Ikkinchi bo'lim boshida Farrux Sayfiev o'yinning yakuniy natijasini o'rnatgandi – 3:0.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.10.2013 Buxoro - Nasaf 1:5
26.06.2012 Buxoro - Nasaf 1:0
22.04.2011 Buxoro - Nasaf 1:1
07.03.2009 Buxoro - Nasaf 0:1
18.05.2008 Buxoro - Nasaf 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z uyida 9 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. To'rtta uchrashuv durang bilan tugagan. “Ajdarlar” uch marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика